Vandalizm Vikipediyada biron bir maqolani olib tashlash, yoki almashtirish, mavzusini tubdan oʻzgartishish, buzuq fikrlar qoʻshish, har xil haqoratli soʻzlar ishlatish va.hk. Odatda vandalizmga misollar qonunsizlikda sahifalar oʻzgartirib tashlash va bir sahifaga kirib yaqqol  bemaʼni soʻzlar yozish. Umumiy maʼnoda vandalizm sahifasiga qarashingiz mumkin. Vikipediya vandalizm qoidalariga koʻra qoidabuzarlik aniqlanib, bartaraf etiladi. Agar bartaraf etolmasangiz, boshqalardan yoki foydlanuvchilardan yordam soʻrashingiz mumkin. Baʼzan vandalizm mavhum boʻlmaganligi kabi, katta va tortishuvli oʻzgarishlar vandalizm boʻlmaydi. Bunday hollarda ehtiyot boʻlish, harakatning sabalarini aniqlash va vandalizmni dalillar bilan isbotlash kerak boʻladi. Vandalizmni koʻrsangiz oʻzgartirishlarni ortga qaytaring. Shuningdek, vandal foydalanuvchiga ham xabar qoldiring. Xabaringizda imzo (~~~~) qoldirishni unutmang. Moderatorlar, vandalning erkin foydalanish vaqtini toʻxtatadi. 2002-yilda IBM tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijasida Inglizcha Vikipediyadagi koʻp vandalizmning besh daqiqada tiklanganini koʻrsatdi. Ammo vandalizm doimo foydalanuvchilarga muammo tugʻdirishda davom etmoqda. Bir sahifani oʻzgartirishdan oldin, tarixiga qarab, yaqin vaqtda vandalizmni fosh etishni nazorat qilmoq foydali boʻladi.

Vandalizm turlari[manbasini tahrirlash]

Vikipediyada eng koʻp koʻrilgan vandalizm tulari quyidagilar:

Qisman yoki umuman sahifalarsi oʻchirish, mazmun mohiyatini tubdan oʻzgartirish.

Reklama maqsadida boshqa belgilar qoʻyish. Shaxsiy reklamalar qoʻyish.

Koʻp sahifada reklama maqsadida, oʻchirish maqsadida bot yordamida vayron qilish. Atayin shunday bot dasturlar yasash.

Sahifalarga boʻlmagʻur xabarlar qoʻshish, hazillar qoʻyish, mazmunsiz gaplar qoʻshish.

Sahifalarga notoʻgʻri axborot kiritish, tarixini oʻzgartirish, mantiqlidek koʻringan lekin xato yozilgan oʻzgartirishlar.

Harakatlar qoʻshib, hujum maqsadida foydalanuvchi ismlarini oʻzgartirish, sahifalarga qoʻpol hazil maqsadida matnlar qoʻshish.

Foydalanuvchi sahifalariga gʻaraz maqsadda matnlar qoʻshish, soʻkinish va.h.k.

Ragʻbatlantiruvchi, siyosiy xabarlarni oʻz ichiga olgan, yomon niyatli va shunga oʻxshash rasmlarni yuklash. Mualliflik huquqlarini buzgan holda rasm yuklash.

Yomon niyat bilan sahifalarga ogohlantirish andozasi qoʻshish yoki mavjud ogohlantirishni olib tashlash.

Sahifalarning nomini xunuk yoki mavzuga aloqasi boʻlmagan biror nom bilan oʻzgartirish.(Ayni vaqtda Vikipediya ilk 25 oʻzgarishdan soʻng sahifa nomini oʻzgartirishga ruxsat berdi.)

Sahifalari umuman aloqasi boʻlmagan sahifaga yoʻnaltirish yoki hujum maqsadli rasm yoki boshqa sahifalarga yoʻnaltirish.

Sahifa ichidagi ulanishlar, tashqaridan qaraganda aniq boʻlmagan ammo boshqa bir aloqasiz, tegishli boʻlmagan yoki ahmoqona sahifaga ketish shaklida oʻzgartirish.

Boshqalar tomonidan yozilgan izohni yoki fikrni, maʼnosini oʻzgartirish yoki atayin yoʻq qilish shaklda oʻzgartirish.

Tortishma sahifalaridan boshqalarining yozuvlarini oʻchirmoq. Shaxsiy yozuvlarini oʻchirib tashlash.