Toyone 豊根村 | |
---|---|
Qishloq | |
35°8′47.4″N 137°43′11.4″E / 35.146500°N 137.719833°E G OKoordinatalari: 35°8′47.4″N 137°43′11.4″E / 35.146500°N 137.719833°E G O | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat |
[[Chūbu viloyati Tōkai viloyati]] |
Prefektura | Aichi |
Yaponiya tumanlari|tuman | Kitashitara |
Maydon | 155.88 km2 (60.19 mi²) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil 1-oktyabr) |
1 031 kishi |
Zichligi | 6.6 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0536-85-1311 |
|
Toyone (yaponcha: 豊根村 Toyone-mura ) Yaponiyadagi Aichi prefekturasi, Kitashitara tumanidagi qishloq. 2019-yil 1-oktabr holatiga qishloqdagi 507 ta xonadonda 1031 nafar aholi istiqomat qiladi[1], aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 6,61 nafar kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 155,88 kvadrat kilometr (60,19 milya) ga teng.
Toyone Aichi prefekturasining eng shimoli-sharqiy burchagida joylashgan. Qishloqning katta qismi Tenryu-Okumikava kvazi-milliy bogʻi chegaralarida oʻrnashgan. Shizuoka prefekturasidagi Sakuma toʻgʻonidan suv ombori qishloqqa qadar choʻzilgan. Shintoyone toʻgʻoni ham Toyone chegaralarida bunyod etilgan.
Aichi prefekturasi
Nagano prefekturasi
Shizuoka prefekturasi
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Toyone aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida tez kamayib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 5,193 | — |
1950 | 5,414 | +4.3% |
1960 | 4,61 | −14.9% |
1970 | 3,865 | −16.2% |
1980 | 2,126 | −45.0% |
1990 | 1,813 | −14.7% |
2000 | 1,629 | −10.1% |
2010 | 1,337 | −17.9% |
Qishloq issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Toyone shahrida oʻrtacha yillik harorat 12,2 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2192 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,8 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 0,9 °C atrofida boʻladi[3].
Toyone qishlogʻi 1889-yil 1-oktyabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. 1955-yilda qoʻshni Shizuoka prefekturasidan Sakuma toʻgʻonining koʻtarilishi natijasida Toyonning markaziy qismini suv bosdi hamda qishloq aholisining uchdan bir qismidan koʻprogʻini koʻchirishga majbur boʻldi. 2005-yil 27-noyabrda Tomiyama qishlogʻi Toyone bilan birlashtirildi.
Toyonening asosiy sanoati kichik oʻrmon xoʻjaligi va mavsumiy turizmga asoslanadi. Qishloq gidroenergetika sanoastidan ham daromad oladi.
Toyoneda qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda davlat yuqori maktabi mavjud emas, lekin bitta xususiy yuqori maktab mavjud boʻlib, u Toyohashi shahridagi Sakuragaoka yuqori maktabining filiali hisoblanadi.
Toyone yoʻlovchi temir yoʻl xizmatiga ega emas.