Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Universitet logotipi
Xalqaro nomi
Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 1955
Rektori Мaxkamov Baxtiyor Shuhratovich
Talabalari 13,000+
Bakalavriat 26 ta yoʻnalish
Magistratura 32 ta mutaxassislik
Akademiklari 1
Fan doktorlari 16
Professorlari 16
Oʻqituvchilari 400
Manzili
Veb-sayti www.tuit.uz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi TATU; 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti, 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) — Toshkentdagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 1955-yilda tashkil etilgan. Toʻliq 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi bilan atalgan, 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi va hozirgi paytgacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti nomi bilan atalmoqda. Universitetda va filiallarida 26,350 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar. Universitet tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi. Universitetda 26 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va 32 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.

Tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TATU 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti deb nomlangan. 2002-yili 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qaroriga koʻra u universitetga aylantirildi. 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.

Universitet telekommunikatsiya va axborot tizimlari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi oʻquv muassasasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyunda qabul qilingan „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Qaroriga binoan TATU axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy oʻquv muassasasi hisoblanadi. Taʼlim bosqichlari: oʻrta taʼlim (2 ta litsey), bakalavriat (25 ta yoʻnalish), magistratura (24 mutaxassislik), aspirantura va doktoranturadan iborat. Universitet binosi, auditoriyalar va kabinetlar, talabalar uyi binosi kapital taʼmirlandi, yangi zamonaviy oʻquv binosi, 700 oʻrinli oshxona, 400 oʻrinli sport majmuasi qurildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston bozorlarida ishlovchi qator kompaniyalar hamda korxonalar tomonidan katta homiylik yordami koʻrsatildi. Universitetda 28 kafedra va 37 oʻquv laboratoriyalari, 10 tadqiqotchilik laboratoriyalari va shaxsiy tarmogʻi bilan kompyuter markazlari, zamonaviy (1800 dan ortiq) kompyuterlar hamda multimediali sinflar (20 dan ortiq), 400 mingdan ortiq kitoblar bilan axborot-resurs markazi (kutubxona) mavjud. Universitet qoshida ilmiy tadqiqotlar sektori, litsey-instituternat, akademik litsey va kasb-hunar kolleji mavjud. Universitet Germaniya, Angliya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Koreya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi.
Universitet faoliyati J. A. Abdumayev, T. D. Rajabov, M. S. Yunusov, T. S. Yoʻldoshboyev, F. B. Abutaliyev, S. S. Kolesov, M. N. Oripov, V. M. Son, Yu. S. Saʼdullayev, V. V. Yakovlev, X. K. Oripov, S.S. Qosimov va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.

Rahbariyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU rektori: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich
  2. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor: Yaxshibayev Doniyor Sultonbayevich
  3. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor: Sultanov Djamshid Baxodirovich
  4. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor: Tashev Komil Axmatovich
  5. Moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor: Toshmatov Saloxiddin Zayniddinovich
  6. Hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektor: To‘rayev Shavkat Shuxratovich

Fakultetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Kompyuter injiniringi fakulteti
  2. Dasturiy injiniring fakulteti
  3. Kiberxavfsizlik fakulteti
  4. Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
  5. Televizion texnologiyalar fakulteti
  6. Radio va mobil aloqa fakulteti
  7. AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
  8. AKT sohasida kasb talimi fakulteti
  9. TATU-BDIRU qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti

Kafedralar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. AKT sohasida iqtisodiyot
  2. Axborot ta’lim texnologiyalari
  3. Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti
  4. Axborot xavfsizligi
  5. Axborot-kutubxona tizimlari
  6. Algoritmlash va matematik modellashtirish
  7. Elektronika va radiotexnika
  8. Energiya ta’minlash tizimlari
  9. Fizika
  10. Gumanitar fanlar
  11. Informatika asoslari
  12. Infokommunikatsiya injiniringi kafedrasi
  13. Jismoniy tarbiya
  14. Kiberxavfsizlik va kriminalistika
  15. Kompyuter tizimlari
  16. Kriptologiya
  17. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari
  18. Menejment va marketing
  19. Multimedia texnologiyalari
  20. Mobil aloqa texnologiyalari
  21. Oliy matematika
  22. O‘zbek va rus tillari
  23. Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi
  24. Sun’iy intellekt
  25. Telekommunikatsiya injiniringi
  26. Televizion va media texnologiyalar
  27. Teleradioeshittirish tizimlari
  28. Tizimli va amaliy dasturlashtirish
  29. Chet tillari

Bakalavr yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kunduzgi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60310500 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
2 60320400 Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
3 60412800 Elektron tijorat
4 60540300 Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)
5 60610300 Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
6 60610500 Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”)
7 60610500 Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”)
8 60610500 Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”)
9 60610600 Dasturiy injiniring
10 60610700 Sun’iy intellekt
11 60611000 Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)
12 60611000 Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Teleradioeshittirish”)
13 60611000 Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Mobil tizimlar”)
14 60611100 Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”)
15 60611100 Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”)
16 60611200 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
17 60611300 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi
18 60611400 Pochta aloqasi texnologiyasi
19 60611500 Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha)
20 60612000 Infokommunikatsiya injiniringi
21 60612100 Kiberxavfsizlik injiniringi
22 60710600 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
23 60711500 Mexatronika va robototexnika
24 61011000 Logistika injiniringi
25 60612400 Elektr aloqa injiniringi (Electrical and communication engineering)
26 60612300 Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari

Sirtqi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60310500 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
2 60320400 Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
3 60412800 Elektron tijorat
4 60610300 Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
5 60610500 Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”)
6 60610500 Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”)
7 60610500 Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”)
8 60610600 Dasturiy injiniring
9 60611000 Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)
10 60611000 Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Teleradioeshittirish”)
11 60611000 Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Mobil tizimlar”)
12 60611100 Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”)
13 60611100 Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”)
14 60611200 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
15 60611300 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi
16 60612100 Kiberxavfsizlik injiniringi

Masofaviy

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60610500 Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”)
2 60610500 Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”)
3 60610500 Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”)
4 60610600 Dasturiy injiniring

Magistratura yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 70112401 Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (mutaxassisliklar bo‘yicha)
2 70210402 Kompyuter grafikasi va dizayn
3 70310501 Raqamli iqtisodiyot
4 70320402 Elektron kutubxona va arxivlar
5 70411701 Logistika (raqamli logistika)
6 70412801 Elektron tijorat
7 70610101 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)
8 70610205 Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari
9 70610301 Kriptografiya va kriptoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha)
10 70610302 Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha)
11 70610501 Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”)
12 70610502 “Elektron hukumat” tizimini boshqarish
13 70610503 Tibbiyotda kompyuter tizimlari
14 70610504 Ma’lumotlar ilmi (Data Science)
15 70610505 Internet ashyolari
16 70610601 Dasturiy injiniring
17 70610701 Sun’iy intellekt
18 70611001 Telekommunikatsiya injiniringi (“Axborot uzatish tizimlari”, Telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Teleradioeshittirish”)
19 70611003 Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti
20 70611004 Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi
21 70611005 Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi
22 70611101 Multiplikatsion filmlar texnologiyalari
23 70611401 Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi
24 70611601 Televidenie, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari (turlari bo‘yicha)
25 70611701 Mobil aloqa tizimlari
26 70611702 Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari
27 70611703 Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari
28 70611802 Videotexnologiyalar
29 70611901 Maxsus yoritish texnologiyalari
30 70710601 Elektr ta’minoti (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari)
31 70411701 Raqamli kriminalistika
32 70611006 Fotonika va optik aloqa

Filiallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
  2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
  3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
  4. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali
  5. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali
  6. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali

Rektorlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur bitiruvchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijtimoiy faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faxrli ustozlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Mirzayan Mirzaaxmedovich Kamilov
  2. Qaxxor Pattaxovich Abduraxmanov

Galereya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Toʻlqin Teshaboyev TATUning yangi rektori etib tayinlandi“. 6-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2016-yil.
  2. TATUga yangi rektor tayinlandi[sayt ishlamaydi]
  3. Rektor haqida, 22–yanvar 2021–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 25–iyun 2021–yil((citation)): CS1 maint: date format ()

Havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]