Tolyatti rus. Тольятти | |
---|---|
shahar | |
53°31′0″N 49°25′0″E / 53.51667°N 49.41667°E G OKoordinatalari: 53°31′0″N 49°25′0″E / 53.51667°N 49.41667°E G O | |
Mamlakat | Rossiya |
viloyat | Samara viloyati |
Hukumat | |
• mer | Andreev Sergey Igorevich |
Asos solingan | 1737 |
Avvalgi nomlari | 1964-yilgacha — Stavropol |
Maydon | 31,478[1] km2 (12,154 mi²) |
Markazi balandligi | 90 m |
Rasmiy til(lar)i | rus tili|ruscha |
Aholisi (2013) |
▼719,149 |
Zichligi | 2287 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
ruslar — 86,1% tatarlar — 4,1% ukrainlar — 2,1 % mordvalar — 1,8% chuvashlar — 1,6% boshqalari — 4,3%[2] |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
Telefon kodi | +7 8482 |
Pochta indeks(lar)i | 445xxx |
Avtomobil kodi | 63, 163 |
|
Tolyatti (1964-yilgacha Stavropol "Ставрополь") — Tolyatti (rus. Тольятти). Rossiya Federatsiyasi, Samara viloyatidagi shahar. Volga daryosidagi port shahar, temir yoʻl stansiyasi shahri hisoblanadi. Kuybishev suv omborining chap sohilida joylashgan. Aholisi 719.600 kishi (2012). Tolyattiga 1737-yili asos solingan. Volga.GES suv omboriga suv toʻldirilishi munosabati bilan (1950-yillar oʻrtalarida) shahar butunlay yangi joyga koʻchirildi[3]. 1964-yilda shahar Palmiro Tolyatti (Пальмиро Тольятти) sharafiga "Tolyatti" nomi qoʻyildi[4]..
Volga avtomobil zavodining qurilishi (1967—72) shahar taraqqiyotiga muhim taʼsir koʻrsatdi. Mashinasozlik va metallsozlik ("AvtoVAZ" bosh korxonasi) yetakchi oʻrinda edi, transformatorlar ishlab chiqarildi, kema taʼmirlashmexanika zavodi faoliyat koʻrsata boshladi. Kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va boshqalar) rivojlangan. 2 ilmiy tadqiqot istituti, politexnika instituti, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |