Thiago Rangel Cionek (talaffuzi: Tiago Rangel Ksonek; 1986-yil 21-aprelda Braziliyaning Kuritiba shahrida tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, „Regina“ futbol klubi himoyachisi. Polsha terma jamoasida ham oʻynagan. 2016-yilgi Yevropa chempionati va 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Thiago Rangel Cionek | ||
Tavallud sanasi | 21-aprel 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Curitiba, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.84 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Reggina | ||
Raqami | 3 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Vila Hauer EC | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2006 | Cuiabá | ||
2006—2007 | Bragança | 2 | (1) |
2007—2008 | CRB | 1 | (0) |
2008—2012 | Jagiellonia Białystok | 91 | (3) |
2012—2014 | Padova | 31 | (0) |
2013—2014 | → Modena (ijara) | 33 | (1) |
2014—2016 | Modena | 51 | (1) |
2016—2018 | Palermo | 50 | (1) |
2018—2020 | SPAL | 74 | (1) |
2020— | Reggina | 68 | (1) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2014—2018 | Polsha | 21 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 12-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 1-mart uchun) |
Thiago Cionek „Cuiabá“ va Portugaliyaning „Bragança“ futbol klublarida oʻynagan. 2008-yilda Thiago Cionek Polshaning „Jagiellonia“ jamoasiga qoʻshilgan. 12-sentabr kuni „Łódź“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Thiago Cionek Polsha chempionatida debyut qilgan[1]. 2009-yil 8-may kuni „Lechia“ futbol klubiga qarshi bahsda „Jagiellonia“ safida ilk golini raqib darvozasiga kiritgan[2]. Oʻsha yili Thiago Cionek klubga Polsha kubogini yutishda yordam bergan. 2012-yilda Thiago Cionek Italiyaning „Padova“ jamoasiga oʻtgan. 3-sentabr kuni „Livorno“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Thiago Cionek Italiyaning B seriyasida debyut qilgan[3]. 2013-yilning yozida Thiago Cionek „Modena“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 5-oktabr kuni „Empoli“ futbol klubiga qarshi bahsda Thiago Cionek yangi jamoada debyut qilgan[4]. 2014-yilning 8-martida sobiq jamoasi „Padova“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u „Modena“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[5]. Ijara muddati tugagach, Thiago Cionek „Modena“ futbol klubi bilan toʻliq shartnoma imzolagan.
21-yanvar kuni „Udinese“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Thiago Cionek yangi jamoa safida debyut qilgan[6]. 7-aprel kuni „Atalanta“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Thiago Cionek birinchi golini urgan[7].
2014-yil 13-may kuni Thiago Cionek Polsha terma jamoasi safida Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[8].
2016-yilning yozida milliy terma jamoa tarkibida Thiago Cionek Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Thiago Cionek Ukraina terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[9].
2018-yilda Thiago Cionek Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Thiago Cionek Senegal jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[10].
Jamoa | Mamlakat | Mavsum |
---|---|---|
Cuiabá E. C. | Braziliya | 2005—2006 |
G. D. Bragança | Portugaliya | 2007 |
CRB | Braziliya | 2007—2008 |
Jagiellonia Białystok | Polsha | 2008—2012 |
Calcio Padova | Italiya | 2012—2014 |
Modena F. C. (ijara) | Italiya | 2013—2014 |
Modena F. C. | Italiya | 2014—2015 |
U. S. Palermo | Italiya | 2016—2018 |
S. P. A. L. | Italiya | 2018—2020 |
Reggina 1914 | Italiya | 2020 |