| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: Ko'ngilli Shtati | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Nashville | ||||
Eng yirik shaharlar | Memphis Nashville Knoxville | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 36-oʻrinda 109,151 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 16-oʻrinda 5,962,959 | ||||
YIM |
AQSh: 18-oʻrinda $217,626 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
16-boʻlib 1 iyun 1796 | ||||
Vaqt | UTC-5 (EST) / -6 (CST) | ||||
Qisqartma | TN [47] | ||||
Shtat guli | Iris (Iris) | ||||
Shtat daraxti | Tulip-tree (Liriodendron tulipifera) |
Tennessi - AQShning jan. qismidagi shtat. Maydoni 109,1 mingkm². Aholisi 5,8 mln. kishi (2002), 61 % shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Nashvill sh., boshqa yirik shaqarlari: Memfis, Noksvill, Chattanuga.
T. hududining katta qismi sertepa platodan iborat, gʻarbiy qismi pasttekislik, sharqida Appalachi togʻlari bor. Iklimi subtropik, kontinental iklim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3—5°, iyulniki 25°, yillik yogʻin 1100 – 1200 mm. Yirik daryolari — Tennessi va Kamberlend; ularda kema qatnaydi.
T. — mamlakatning industrialagrar shtati. Yirik elektr styalar komplekslari qurilgan. Yetakchi sanoat tarmoqlari: kimyo, atom, rangli metallurgiya. Elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi. mashinasozligi, avtomobilsozlik, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Foydali kazilmalardan toshkoʻmir, fosforit, rux, marmar qazib chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida chorvachilik yetakchi oʻrinda. Dehqonchilikda, asosan, soya, tamaki, shuningdek, makkajoʻxori, bugʻdoy, paxta, yemxashak ekinlari ekiladi. Togʻli qismida bogʻdorchilik rivojlangan. Asosiy porti — Memfis.
Shtatlar | Aydaho • Ayova • Alabama • Alaska • Arizona • Arkanzas • Vayoming • Vashington • Vermont • Virginiya • Viskonsin • Gavayi • Delaver • Jorjiya • Gʻarbiy Virginiya • Illinoys • Indiana • Kaliforniya • Kanzas • Kentukki • Kolorado • Konnektikut • Luiziana • Massachusetts • Minnesota • Mississippi • Missuri • Michigan • Montana • Meyn • Maryland • Nebraska • Nevada • Nyu-Xempshir • Nyu-Jersi • Nyu-York • Nyu-Meksiko • Ogayo • Oklaxoma • Oregon • Pennsilvaniya • Rod-Aylend • Shimoliy Dakota • Shimoliy Karolina • Tennessi • Texas • Florida • Janubiy Dakota • Janubiy Karolina • Yuta |
---|---|
Federal okrug | |
Orol hududlari | Virginiya orollari • Sharqiy Samoa • Guam • Puerto-Riko • Shimoliy Mariana orollari |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |