Takahata 高畠町 | |
---|---|
Shaharcha | |
38°0′9.9″N 140°11′20.7″E / 38.002750°N 140.189083°E G OKoordinatalari: 38°0′9.9″N 140°11′20.7″E / 38.002750°N 140.189083°E G O | |
Mamlakat | Yaponiya |
Asos solingan | 1895-yil 12-dekabr |
Maydon | 18,026 km2 (6,960 mi²) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil aprel) |
23 367 |
|
Takahata (yaponcha: 高畠町 Takahata-machi ) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 23367 kishi, 7629 ta xonadondan iborat boʻlib, aholi zichligi 1 km² ga 130 kishidan toʻgʻri keladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 180,26 kvadrat kilometr (70 mi²).
Takahata Yamagata prefekturasining janubi-sharqidagi togʻli hududda joylashgan. Shahardan Mogami daryosi oqib oʻtadi.
Takahata nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa/Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli holati qayd etilgan. Takahatada oʻrtacha yillik harorat 11.2 °C (52.2 °F) ga teng. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,283.0 mm (50.51 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.3 °C (75.7 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −0.9 °C (30.4 °F) atrofida boʻladi.
Takahata, Yamagata iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Oʻrtacha maksimal, °C | 2,4 | 3,4 | 7,8 | 15,6 | 21,9 | 25,4 | 28,5 | 30,2 | 25,6 | 19,2 | 12,1 | 5,4 | 16,5 |
Oʻrtacha minimal, °C | −4,2 | −4,4 | −1,8 | 3,1 | 9,0 | 14,4 | 19,0 | 19,7 | 15,5 | 8,5 | 2,5 | −1,6 | 6,6 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 113,0 | 69,5 | 74,6 | 65,4 | 75,7 | 103,6 | 184,9 | 143,4 | 124,6 | 114,6 | 92,1 | 119,0 | 1 283 |
Manba: Yaponiya metrologiya agentligi[2][3] |
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Takahata aholisi soʻnggi oʻn yilliklarda biroz kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 32,136 | — |
1970 | 27,76 | −13.6% |
1980 | 27,44 | −1.2% |
1990 | 27,51 | +0.3% |
2000 | 26,807 | −2.6% |
2010 | 25,025 | −6.6% |
2020 | 22,463 | −10.2% |
Hozirgi Takahata hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida, u Tendo domeniga oʻtkazilgunga qadar Oda sulolasitomonidan boshqariladigan qal’a shahri boʻlgan va keyinchalik uning bir qismi Yonezava domeni tomonidan nazorat qilingan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasining Higashiokitama tumani tarkibiga kiritildi. Takahata qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan. U 1895-yil 12-dekabrda shahar maqomiga koʻtarildi va kanjida oʻz nomini yozilishi maqsadida 1905-yil yanvarida hozirgi nom koʻrinishini oldi.
Takahata iqtisodiyoti qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga asoslangan. Shahar Delaver uzumlari va sharob ishlab chiqarish sanoati bilan mashhur.
Takahatada oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi shuningdek Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliayat yuritadi.
Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yamagata Shinkansen
Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi