Vajda Szidónia | |
---|---|
Toʻliq ismi | Lázárné Vajda Szidónia |
Mamlakat | Vengriya |
Tugʻilishi |
20-yanvar 1979-yil Odorheiu Secuiesc, Rumiya |
Saravha |
Xalqaro magistr Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2418 (yanvar 2008-yil) |
Szidónia Lázárné Vajda (née Vajda; talaffuzi: Sidoniya Vayda; 1979-yil 20-yanvarda Ruminiyada tugʻilgan) — rumin — venger ayol shaxmatchisi. Szidonia Vajda FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U 2004 va 2015 yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Vengriya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblikni q`olga kiritgan.
Szidónia Lázárné Vajda 1995-yilda shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Yevropa chempionatining 16 yoshgacha boʻlgan qizlar boʻlimida gʻoliblik shoxsupasiga koʻtarildi va oltin medal sohibasiga aylandi.
U 1999-yilda Batumida boʻlib oʻtgan 3-Ayollar jamoalari oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan, Ruminiya terma jamoasi safida dona surgan.[1]
Szidónia Lázárné Vajda Vengriya terma jamoasi safida ham bir qator musobaqalarda faol ishtirok etgan. U terma jamoa bilan 2002, 2004, 2006 va 2008-yillarda oʻtkazilgan shaxmat olimpiadalarida Vengriya nufuzi uchun bahslar olib borgan.[2] Jumladan, u mashhur venger ayol grossmeysterlar Ticia Gara va singlisi Anita Garalar bilan bir jamoada oʻynagan.
2009-yilda u Paksdagi 1- Teller Ede memorialida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.[3]
2015-yilda esa Budapeshtdagi „Xalqaro ayollar bahor shaxmat festivali“ xalqaro shaxmat musobaqasida ishtirok etdi. Mazkur shaxmat musobaqasida Ticia Gara va Yveta Reylich bilan birinchi oʻringa davogar boʻldi.
Szidónia Lázárné Vajda GM Levente Vajdaning singlisi.[4]