Suhrob Sipehriy | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
6-oktyabr 1928-yil |
Vafoti |
21-aprel 1980-yil (51 yoshda) Tehron, Eron |
Kasbi | shoir, yozuvchi, rassom, faylasuf |
Ijod qilgan tillari | Fors tili[1] |
Fuqaroligi | Pahlaviylar va Interim Government of Iran |
Suhrob Sipehriy ((forscha: سهراب سپهری; 1928-yil 7-oktyabr — 1980-yil 21-aprel)) — eronlik shoir, yozuvchi, rassom va faylasuf. U Nimo Yushij, Ahmad Shomlu, Mahdiy Axavoni Solis va Furoʻgʻ Farruhzodlar qatori Eron zamonaviy sheʼriyatidagi beshta eng mashhur shoirlardan biri[2]. Uning sheʼrlari ingliz, ispan, fransuz, italyan va boshqa tillarga tarjima qilingan.
Spehriy 1928-yil 7-oktyabrda Eronning Koshon shahrida tugʻilgan. U sanʼat va sheʼriyatni yaxshi tushunadigan oilada oʻsgan. Otasi pochta boʻlimida ishlagan. Bolaligida otasi falaj boʻlib, 1941-yilda vafot etadi. U bir necha yil oʻqituvchi boʻlib ishladi. Keyinchalik Tehron universitetining tasviriy sanʼat fakultetiga oʻqishga kiradi. Oʻqishni tugatgandan soʻng neft kompaniyasida ishga joylashdi va 8 oydan keyin uni tark etdi. Tez orada uning „Ranglarning oʻlimi“ deb nomlangan birinchi sheʼriy toʻplami nashr etiladi. Spehriy 1980-yil 28-aprelda Tehrondagi Pars kasalxonasida vafot etdi va Koshanda dafn qilindi[3][4].
Mumtoz adabiyot | |
---|---|
Eronda zamonaviy fors adabiyoti |
|
Afg'onistonda zamonaviy fors adabiyoti |
|
Tojikistonda zamonaviy fors adabiyoti |
|
O'zbekistonda zamonaviy fors adabiyoti | |
Pokistonda zamonaviy fors adabiyoti |