Subekvatorial mintaqalar - Yerning har ikki yarim sharidagi geografik mintaqalar. Ekvatorial mintaqa va tropik mintaqa orasida joylashgan. Havo massalari mavsum boʻyicha oʻzgaradi: yozda ekvatorial, qishda tropik havo (passatlar) hukmron. Oʻrtacha oylik tralar 15°dan 32° gacha. Yillik yogin 200 mm dan 2000 mm gacha. Landshaft zonalari meridional yoʻnalishda oʻzgaradi: doim nam oʻrmonlar, tipik savanna, choʻllashgan savanna va siyrak oʻrmonlar. Togʻlarda oʻrmonyaylov va oʻrmondasht balandlik mintaqalari mavjud. Tuproqlari podzollashgan laterit tuprokdan qizilqoʻngʻir savanna tuproklargacha uzgaradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |