Smolensk ruscha: Смоленск | |
---|---|
shahar | |
Dnepr boʻyidagi Uspensk sobori | |
54°46′58″N 32°02′43″E / 54.78278°N 32.04528°E G OKoordinatalari: 54°46′58″N 32°02′43″E / 54.78278°N 32.04528°E G O | |
Mamlakat | Rossiya |
Mintaqa | Smolensk viloyati |
Shahar okrugi | Smolensk shahri |
Hukumat | |
• Mer | Andrey Borisov |
Asos solingan | nomaʼlum |
Ilk eslatilishi | 863-yil |
Maydon | 166.35 km2 (64.23 mi²) |
Markazi balandligi | 242 m |
Aholisi (2021) |
▼ 316 570 |
Milliy tarkib | ruslar va b. |
Konfessiyaviy tarkib | provaslavlar va b. |
Etnoxoronim | smolyan[1] |
Telefon kodi | 4812 |
Pochta indeks(lar)i | 214XXX |
MHBOBT (OKATO) | 66401 |
|
Smolensk — Rossiyadagi shahar. Smolensk viloyati markazi. Dneprning har ikkala soxilida joylashgan. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 355,9 ming kishi (1998). 862-yildan savdo va hunarmandchilik markazi sifatida maʼlum. 882-yildan Kiyev Rusi tarkibida, 12-asrdan Smolensk knyazligining markazi. 1404—1514-yillarda Litva knyazligi, soʻngra Moskva davlati tarkibida, 1609—67-yillarda Polsha tasarrufida boʻlgan. 1667-yilda Andrusov sulhi boʻyicha Rossiyaga berilgan. 1708—19 va 1796—1929-yillarda Smolensk gubernyasi, 1776—96 yillarda Smolensk noibligi markazi. 1812-yilda Smolensk yonida rus qoʻshinlari bilan Napoleon qoʻshinlari oʻrtasida katta jang boʻlgan. 1941—43-yillarda Smolensk atrofida nemisfashist qoʻshinlari bilan shiddatli janglar olib borilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Smolensk butunlay vayron qilingan. Urushdan soʻng shahar qaytadan tiklangan. Smolenskga qahramon shahar unvoni berilgan.
Mashinasozlik (avtomatlashtirish vositalari, hisoblash mashinalari, elektr lampalar, sovitkichlar va boshqalar), yengil (trikotaj, zigʻir, poyabzal), oziqovqat sanoatlari rivojlangan. „Kristall“ zavodi (brilliantlarga sayqal berish), olmos asboblarni ishlab chiqarish korxonasi mavjud.
4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr mavjud.
Smolensk zigʻiri muzeyi, ST. Konyonkov nomidagi haykaltaroshlik muzeyi, tarixiy va meʼmoriy-badiiy muzeyqoʻriqxonasi, badiiy galereya bor.
Qad. meʼmoriy yodgorliklardan Pyotr va Pavel (1146), Ioann Bogoslov (12-asr), Mixail Arxangel (1191—94) cherkovlari, Uspeniye sobori (1677—79), Kreml (16-asr — 17-asr boshlari) saqlangan. „Motamsaro ona“ haykali (1965), „Mangulik qoʻrgʻoni“ memoriali (1970) oʻrnatilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |