Shassi (lotincha: capsa — yashik) — 1) avtomobil, traktor va boshqalar transport vositalarida dvigateldan yetakchi gʻildiraklarga kuch uzatish va ularni boshqarish uchun xizmat qiladigan qism va mexanizmlar; 2) samolyotning qoʻnish yoki yerdan koʻtarilish vaqtida ishlatiladigan (tushirib koʻtariladigan) gʻildirakli qurilma. Sh. old gʻildirakli, orqa quyruq gʻildirakli va boshqalar boʻlishi mumkin. Gidrosamolyotlarda korpus yoki changʻilar Sh. vazifasini oʻtaydi; 3) radio va elektr qurilmalar, apparatlar, asboblar (radiopriyomniklar, kompyuter bloklari va boshqalar)da asosiy detallar oʻrnatiladigan panel. Odatda, alyuminiy, latun, getenaks, tekstolit va boshqalar materiallardan tayyorlanadi.

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.