Shahenda Vafa (1998-yilda tugʻilgan) — misrlik ayol shaxmatchi. U FIDE ayol grossmeyster unvoniga ega (2017).[1] U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatining ikki karra gʻolibi (2017, 2018).

Shahenda Wafa
Toʻliq ismi شاهندا وفا
Mamlakat Misr bayrogʻi Misr
Tugʻilishi 1998
Saravha ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)

Shaxmatdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahenda Wafa 2014-yilgi arab qizlari chempionati va 16 yoshgacha boʻlgan Afrikalik qizlar oʻrtasidagi chempionatda gʻolib boʻldi.[2][3] U Sabrina Latreche bilan birga 2014-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi arab chempionatining gʻolibi boʻlgan.[4] 2015-yilda u shaxmat boʻyicha yoshlar va qizlar oʻrtasidagi Afrika chempionatida gʻoliblikka erishdi.[5][6]

Shahenda Wafa ketma-ket ikki marta 2017-yilda Oranda[7] va 2018-yilda Livingstonda[8] boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Afrika chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Bu natijasi tufayli u 2018-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma oldi.

Shahenda Wafa Misr terma jamoasida ayollar shaxmat olimpiadalarida ishtirok etgan:[9]

Shahenda Wafa shaxmat boʻyicha jahon jamoaviy chempionatida Misr terma jamoasi safida oʻynadi:[12]

2013-yilda u FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi va uch yildan soʻng FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvonini oldi.

Shahende Wafa oq donalarda oʻynab, jami 291 ta gʻalaba, 69 ta durang hamda 112 ta magʻlubiyat bilan yakunlangan oʻyinlarni namoyish etgan. Wafaning qora donalar bilan boʻlgan oʻyinlari ham u qadar katta tafovutga ega emas, 262 ta gʻalaba, 141 ta magʻlubiyat va 74 ta durang bilan yakunlangan oʻyinlar (2022-yil avgust holatiga koʻra) shular jumlasidandir[13].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning opasi Shrook Wafa ham ayol grossmeyster. Opa-singil Wafalar musobaqalarda Misr nufuzi uchun dona suradilar.

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Administrator. „2017 African Individual Chess Championships "Ladies" August 2017 Algeria FIDE Chess Tournament details“. ratings.fide.com.
  2. „Chess-Results Server Chess-results.com - 2014 African Youth Championship U16G“.
  3. „Chess-Results Server Chess-results.com - 2014 Arab Girls Championship Under 16 -“.
  4. „Chess-Results Server Chess-results.com - 2014 Arab Individual Chess Championship - Women“. chess-results.com.
  5. „Chess-Results Server Chess-results.com - African Youth Chess Championships 2015“. chess-results.com.
  6. „Chess-Results Server Chess-results.com - African Junior Chess Championships 2015 - Girls Category“. chess-results.com.
  7. „Chess-Results Server Chess-results.com - 2017 AFRICAN INDIVIDUAL CHESS CHAMPIONSHIPS - LADIES“. chess-results.com.
  8. „Chess-Results Server Chess-results.com - 2018 AFRICAN INDIVIDUAL CHESS CHAMPIONSHIPS - WOMEN SECTION“. chess-results.com.
  9. Bartelski. „OlimpBase :: Women's Chess Olympiads :: Wafa Shahenda“. www.olimpbase.org.
  10. „Chess-Results Server Chess-results.com - 42nd Olympiad Baku 2016 Women“. chess-results.com.
  11. „Chess-Results Server Chess-results.com - 43rd Olympiad Batumi 2018 Women“. chess-results.com.
  12. Bartelski. „OlimpBase :: World Women's Team Chess Championship :: Shahenda Wafa“. www.olimpbase.org.
  13. „Shahende Wafa statistikasi“. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.