Sen yetim emassan | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Shuhrat Abbosov |
Ssenariynavis(lar) | Rahmat Fayziy |
Rollarda |
Obid Jalilov Lutfi Sarimsoqova Rahim Pirmuhamedov Larisa Luppian |
Bastakor(lar) | Ilhom Akbarov |
Kinematografiya | Hotam Fayziyev |
Distribyutor | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | 1962-yilda |
Mamlakat | Sovet Ittifoqi |
Sen yetim emassan, 1962-yilda suratga olingan kinoqissa. Oʻzbek kinosining durdonalaridan biri hisoblanadi. Rahmat Fayziyning shu nomli qissasi asosida suratga olingan. 1970-yilda yozuvchi ushbu kinoqissa ustidagi ijodiy ishini davom ettirib, urush yillarida 14 yetim bolani oʻz bagʻriga olgan va ularga mehr-muruvvat koʻrsatgan kishilar jasoratiga bagʻishlangan „Hazrati inson“ romanini yaratgan.
Film hayotiy voqealarga asoslangan boʻlib,[1] Toshkentlik temirchi Shomahmud Shoahmedov va uning turmush oʻrtogʻi Baxri Akramovalarning Ikkinchi jahon urushi paytlarida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining turli hududlaridan Toshkentga keltirilgan har xil millatga mansub 14 nafar bolani boqib olganliklari haqida hikoya qiladi.