Sekikava 関川村 | |
---|---|
Qishloq | |
38°5′21.8″N 139°33′54.1″E / 38.089389°N 139.565028°E G OKoordinatalari: 38°5′21.8″N 139°33′54.1″E / 38.089389°N 139.565028°E G O | |
Mamlakat | Yaponiya |
(({mintaqa_turi))} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1954-yil 1-avgust |
Maydon | 29,961 km2 (11,568 mi²) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil 1-iyul) |
5 291 |
Zichligi | 17.7 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0254-64-1441 |
|
Sekikawa (yaponcha: 関川村 Sekikawa-mura ) Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-iyul holatiga koʻra, qishloqda 1920 ta xonadonda hisoblangan aholi soni 5291 kishini, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 17,7 kishini tashkil qilgan[1]. Qishloqning umumiy maydoni 299,61 kvadrat kilometr(115,68 mi²).
Sekikava Niigata prefekturasining togʻli shimoli-sharqiy hududida joylashgan boʻlib, sharqda Yamagata prefekturasi bilan chegaradosh.
Sekikava nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslidagi kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Sekikavada oʻrtacha yillik harorat 12.4 °C (54.3 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,687.2 mm (105.80 in) boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25.1 °C (77.2 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan 1.0 °C (33.8 °F) atrofida boʻladi.
Sekikava (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 14,8 | 18,1 | 23,3 | 30,0 | 32,9 | 34,3 | 37,0 | 39,6 | 37,0 | 32,0 | 24,0 | 20,4 | 39,6 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 3,9 | 4,6 | 8,7 | 15,6 | 21,6 | 24,9 | 28,2 | 30,1 | 26,0 | 19,8 | 13,3 | 7,0 | 17,0 |
Oʻrtacha minimal, °C | −1,6 | −2,2 | −0,4 | 4,1 | 10,1 | 15,3 | 20,1 | 21,0 | 16,9 | 10,3 | 4,3 | 0,4 | 8,2 |
Mutlaq minimal, °C | −12,4 | −14,1 | −10,9 | −6,7 | 0,9 | 5,6 | 11,4 | 11,2 | 6,3 | −0,5 | −2,9 | −9,6 | −14,1 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 311,9 | 200,9 | 168,9 | 142,1 | 138,8 | 162,6 | 280,4 | 207,3 | 183,4 | 223,6 | 313,7 | 370,9 | 2 687,2 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Sekikava aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida barqaror ravishda kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1970 | 9,559 | — |
1980 | 8,632 | −9.7% |
1990 | 8,094 | −6.2% |
2000 | 7,51 | −7.2% |
2010 | 6,438 | −14.3% |
2020 | 5,144 | −20.1% |
Hozirgi Sekikava hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida, hududning koʻp qismi Tokugava syogunligi ostidagi Yonezava domenining bir qismiga aylantirilgan. Hudud Meiji restavratsiyasidan keyin Niigata Ivafune tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Zamonaviy Sekigava qishlogʻi 1954-yil 1-avgustda Seki, Shichikatani va Kukatani qishloqlarining qoʻshilishi natijasida bunyod etilgan. 1954-yil 1-avgustda Sekikava qoʻshni Onnagava qishlogʻi bilan birlashtirildi.
Mahalliy iqtisodiyotda qishloq xoʻjaligi ustunlik qiladi.
Sekikavada mahalliy hukumat tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda o‘rta maktab mavjud emas.
JR sharqiy yoʻnalishi — Yonesaka liniyasi