Sakegawa 鮭川村 | |
---|---|
Qishloq | |
38°47′47.2″N 140°13′18.6″E / 38.796444°N 140.221833°E G OKoordinatalari: 38°47′47.2″N 140°13′18.6″E / 38.796444°N 140.221833°E G O | |
Mamlakat | Yaponiya |
Asos solingan | 1954-yil 1-dekabr |
Maydon | 12,215 km2 (4,716 mi²) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020-yil fevral) |
4 132 |
Zichligi | 34 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+09:00 |
|
Sakegava (yaponcha: 鮭川村 Sakegava-mura ) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan qishloq. 2020-yil 29-fevral holatiga koʻra qishloqda 1347 ta xonadonda 4132 nafar aholi istiqomat qiladi, aholi zichligi har kvadrat kilometrga 34 nafardan toʻgʻri keladi[1]. Qishloqning umumiy maydoni 122,15 kvadrat kilometr (47 mi²) ga teng.
Sakegava shimoliy Yamagata prefekturasida joylashgan boʻlib, gʻarbda Deva togʻlari bilan oʻralgan. Bu hudud qishda kuchli qor yogʻishi bilan ham mashhur.
Sakegava nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu yer uchun xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Sakegavada oʻrtacha yillik harorat 10,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1902 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,2 °C, eng past harorat esa yanvarda, −1,7 °C atrofida boʻladi[2].
Yaponiyaning aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Sakegava aholisi 1950-yildagi eng yuqori choʻqqiga erishgan koʻrsatkichiga nisbatan yarmidan koʻproqqa kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 6,678 | — |
1930 | 7,571 | +13.4% |
1940 | 7,608 | +0.5% |
1950 | 9,056 | +19.0% |
1960 | 8,374 | −7.5% |
1970 | 7,057 | −15.7% |
1980 | 6,645 | −5.8% |
1990 | 6,396 | −3.7% |
2000 | 5,829 | −8.9% |
2010 | 4,862 | −16.6% |
2020 | 3,902 | −19.7% |
Hozirgi Sakegava hududi qadimgi Deva viloyatining Sakegava qismi boʻlgan. Meydzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasining Mogami tumani tarkibiga kiritildi. Sakegava qishlogʻi 1954-yil 1-dekabrda Mogami tumanidagi Toyota va Toyosato qishloqlarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.
Sakegava iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Shahar nameko qoʻziqorinlari bilan mashhur boʻlib, ularning katta qismini Yamagata prefekturasi uchun ishlab chiqaradi[4]. Shaharning boshqa asosiy eksport mahsulotlariga — guruch va gullar, (masalan, atirgullar va gentianlar) kiradi. Sakegava baliq ovlash bilan ham mashhur boʻlib, har yili oktyabr oyida Eko Parkda ikra festivali oʻtkaziladi[5].
Sakegavada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.
Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi
Ommaviy kabuki teatri spektakllari har yili iyul oyining birinchi yakshanbasida namoyish etiladi[7].
Har yili oktyabr oyining oxirgi yakshanbasida qizil ikra festivali oʻtkaziladi. Ushbu festival davomida odamlar daryodan losos baliqlarini oʻz qoʻllari bilan tutish uchun dayo maʼmuriyatiga belgilangan narxni toʻlaydilar.
Nivazuki Kannon chiroqlar festivali avgust oyida oʻtkaziladi. Nivazukida chiroqlar buddistlar ibodatxonasidan boshlab, daryo boʻylab suzuvchi chiroqlarga barchasini qamrab oladi.