NKVD
SSSR Ichki ishlar xalq komissarligi
Народный комиссариат внутренних дел
Narodný komissariat vnutrennih del (NKVD)

NKVD logotipi
Agentlik haqida umumiy maʼlumot
Tashkil etilgan 10-iyul, 1934-yil (89 yil avval) (1934-07-10)
Avvalgi agentliklar
  • Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU)
  • Barcha ittifoq respublikalarining ichki ishlar komissarliklari
Tugatilgan 15-mart, 1946-yil (78 yil avval) (1946-03-15)
Oʻrnida tuzilgan agentliklar
  • Ichki ishlar vazirligi
  • Davlat xavfsizligi xalq komissarligi
Turi
  • Maxfiy politsiya
  • Razvedka agentligi
 • Huquqni muhofaza qilish
 • Jandarmeriya
 • Chegara qoʻshinlari
 • Qamoqxona hokimiyati
Yurisdiksiya Sovet Ittifoqi
Shtab kvartira(lar) 11-13 ulitsa Bol. Lubyanka,
Moskva, RSFSR, Sovet Ittifoqi
Agentlik rahbarlari
  • Genrix Yagoda (1934–1936)
  • Nikolay Yejov (1936–1938)
  • Lavrentiy Beriya (1938–1945)
  • Sergey Kruglov (1945–1946)
Yuqori turuvchi agentlik Xalq Komissarlari kengashi
Quyi agentliklar
  • Davlat xavfsizligi bosh boshqarmasi (GUGB)
  • Qamoqxonalar bosh boshqarmasi (Gulag)
  • Militsiya bosh boshqarmasi(GURKM)
  • Chegara va ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi (GUPiVO).

Ichki ishlar xalq komissarligi (ruscha: Наро́дный комиссариа́т вну́тренних дел, talaffuzi [nɐˈrod.nɨj kə.mʲɪ.sə.rʲɪˈat ˈvnut.rʲɪ.nʲɪx̬ dʲel]), qisqartmasi NKVD (НКВД listen) Sovet Ittifoqining ichki ishlar vazirligi edi.

1917-yilda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasining NKVDsi[1] sifatida tashkil etilgan agentlikka dastlab muntazam ravishda politsiya faoliyatini olib borish, mamlakat qamoqxonalari va mehnat lagerlarini nazorat qilish vazifasi yuklangan edi[2]. Tashkilot 1930-yilda tarqatib yuborildi. Funksiyalari boshqa idoralar orasida taqsimlandi. 1934-yilda Butunittifoq komissarligi sifatida qayta tashkil etildi[3].

OGPU (maxfiy politsiya tashkiloti) funksiyalari taxminan 1930-yilda NKVDga oʻtkazildi. Bu unga Ikkinchi Jahon urushi oxirigacha davom etgan huquqni muhofaza qilish faoliyati ustidan monopol huquqni berdi[2]. Bu davrda NKVD ham jamoat tartibini saqlash, ham maxfiy politsiya faoliyatini oʻz ichiga olgan[4]. NKVD siyosiy qatagʻondagi roli va Iosif Stalin davridagi „Katta tozalash“ni amalga oshirgani bilan mashhur. Bu davrda tashkilotni Genrix Yagoda, Nikolay Yejov va Lavrentiy Beriya boshqargan[5][6][7].

NKVD fuqarolarni sudsiz ommaviy qatl qildi, Gulag majburiy mehnat lagerlari tizimini yaratdi, u yerga mahbuslarni joylashtirdi va boshqardi. Tashkilot agentlari badavlat dehqonlarni qatagʻon qilishga javobgar edi[8][9]. Sovet chegaralarini himoya qilish va josuslik (siyosiy qotilliklarni oʻz ichiga olgan) ham tashkilot nazorati ostida edi.

1946-yil mart oyida barcha Xalq komissarliklari vazirliklar deb oʻzgartirildi. NKVD Ichki ishlar vazirligiga (MVD) aylandi[10].

Tarixi va tuzilmasi

Manbalar

  1. Semukhina, Olga B.; Reynolds, Kenneth Michael. Understanding the Modern Russian Police (en). CRC Press, 2013 — 74 bet. ISBN 978-1-4822-1887-9. 
  2. 2,0 2,1 Huskey, Eugene. Russian Lawyers and the Soviet State: The Origins and Development of the Soviet Bar, 1917–1939 (en). Princeton University Press, 2014 — 230 bet. ISBN 978-1-4008-5451-6. 
  3. Semukhina, Olga B.; Reynolds, Kenneth Michael. Understanding the Modern Russian Police (en). CRC Press, 2013 — 58 bet. ISBN 978-1-4398-0349-3. 
  4. Khlevniuk, Oleg V.. Stalin: New Biography of a Dictator (en). Yale University Press, 2015 — 125 bet. ISBN 978-0-300-16694-1. 
  5. Yevgenia Albats, KGB: The State Within a State. 1995, page 101
  6. Robert Gellately. Lenin, Stalin, and Hitler: The Age of Social Catastrophe. Knopf, 2007 ISBN 978-1-4000-4005-6 p. 460
  7. Catherine Merridale. Night of Stone: Death and Memory in Twentieth-Century Russia. Penguin Books, 2002 ISBN 978-0-14-200063-2 p. 200
  8. Viola, Lynne. The Unknown Gulag: The Lost World of Stalin's Special Settlements. New York: Oxford University Press, 207. 
  9. Applebaum, Anne. Gulag: A History. New York: Doubleday, 2003. 
  10. Statiev, Alexander. The Soviet Counterinsurgency in the Western Borderlands (en). Cambridge University Press, 2010. ISBN 978-0-521-76833-7.