Rulet

Shri Lanka ruleti
Turi Biskvit
Asosiy komponentlari Un, tuxum, shakar, murabbo

Rulet xamirdan shirin yoki chuchuk masalliq solib tayyorlanadigan biskvitdir.[1]

Pishirilgan ruletlar

Yeryongʻoq qoʻshilgan shokolad qiyomli rulet

Ikki xil xamirdan shirin yoki chuchuk masalliq solib tayyorlanadi:

Biskvitli ruletlar

Braziliyaning bolo de rolo biskvitli ruleti

Ular pishirilgan biskvit qatlamidan iborat (qalinligi 6-9 mm[4]), ichiga shirin narsa qoplangan. Masalan: qaymoq yoki meva[3] solingan biskvitli rulet, Rojdestvo shirinligi. Ruletning yuqori qismi qiyom, shakar kukuni[2] va kremli gullar bilan bezalishi mumkin.

Taxminlarga koʻra, biskvitli rulet Markaziy Yevropadan, ehtimol, Avstriyadan kelib chiqqan. Shveysariya ruletining inglizcha nomi (Swiss roll) 1870-yillarning pazandalikka oid adabiyotlarida bor, shundan soʻng bu yegulik ingliz oshxonasiga kirgan.

Konservantlardan foydalanmasdan tayyorlangan ruletlarning saqlanish muddati 2 kundan 7 kungacha. Konservantlar (sorbin kislotasi tuzlari, oziq-ovqat spirti) bilan ruletlar 6 oygacha saqlanadi.[4]

Biskvitli rulet Oʻzbekistonda keng miqyosda ishlab chiqariladi. Bir qancha mahalliy brendlar mavjud.

Galereya

Pishirilgan ruletlar

Biskvitli ruletlar

Manbalar

  1. В. В. Похлёбкин 2015.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Кенгис 1982.
  3. 3,0 3,1 Товарный словарь 1959.
  4. 4,0 4,1 Кузнецова, Сиданова 2002.