Bitta 3D sahnada qoʻllanilgan turli xil renderlash usullari
POV-Ray 3.6 yordamida yaratilgan tasvir

Renderlash yoki tasvir yaratish — bu kompyuter dasturi yordamida 2D yoki 3D modeldan fotorealistik yoki fotorealistik boʻlmagan tasvirni yaratish jarayoni[1]. Olingan tasvir render deb ataladi. Bir nechta modellar toʻplangan sahna oʻz ichiga geometrik modellar, tekstura, yorugʻlik va soyalarni olgan holda tasvir yaratiladi. Soʻng, sahna faylidagi maʼlumotlar qayta ishlash uchun renderlash dasturiga uzatiladi va raqamli tasvir yoki rastr grafik tasvir yaratiladi. Render, shuningdek, video tahrirlash dasturida ishlangandan soʻng yakuniy video natijasini ishlab chiqish uchun ham ishlatiladi.[2]

Renderlash 3D kompyuter grafikasining asosiy sohalaridan biri boʻlib, amalda u kompyuter grafikasi bilan bogʻlangan. Bu modellar va animatsiyalarning yakuniy tasvirini yaratuvchi soʻnggi muhim qadamdir. 1970-yillardan boshlab kompyuter grafikasining murakkablashuvi bilan u yanada dolzarb mavzuga aylandi.

Renderlash arxitektura, videooʻyinlar, simulyatorlar, kino va televideniye vizual effektlarida qoʻllaniladi, ularning har biri turli xil xususiyatlar va texnikaviy usullardan foydalanadi. Foydalanish uchun turli xil render qiluvchi dasturlar mavjud. Baʼzilari kattaroq modellashtirish va animatsiya ishlar uchun ishlatiladi, baʼzilari kichik loyihalarda. Render qiluvchi dastur yorugʻlik fizikasi, vizual idrok etish, matematika va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish kabi koʻplab fanlarga asoslangan puxta ishlab chiqilgan dasturlardir.

Qoʻllanilishi

Kino animatsiyalari uchun bir nechta tasvirlar (kadrlar) render qilinishi va ushbu turdagi animatsiyani yaratishga qodir boʻlgan dasturda barcha tasvirlar bitta yagona animatsiya hosil qilinishi kerak. 3D tasvirlarni tahrirlash dasturlari bu kabi animatsiyani amalga oshirishi mumkin.

Xususiyatlari

Manbalar

  1. „A New Trick Lets Artificial Intelligence See in 3D“. wired.com. WIRED. Qaraldi: 1-avgust 2022-yil.
  2. „Renderlash nima?“ (2021-yil 20-iyun). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.