Qurbonov Ravshanbek Davletovich | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
5-dekabr 1947-yil Xorazm |
Mukofotlari |
Ravshanbek Davletovich Qurbonov (1947-yil 5-dekabr) — davlat arbobi, shifokor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi. Oʻzbekiston Qahramoni (2016)[1]. Fan va texnika sohasida birinchi darajali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (2007)[2].
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Kardiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori[3]. Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani 169-saylov okrugidan 2-chaqiriq (1999—2003) Oliy Majlis deputati[4].