Qutbiddin muhammad (1050 -1127) — anushteginiylar sulolasidan boʻlgan Xorazm hukmdori (1097—1127). Anushteginning oʻgʻli. Yoshligida Marvda yaxshi taʼlim olgan, ilmi adab va din ilmlarini oʻrgangan. Otasi vafotidan keyin saljuqiylarning Xurosondagi isyonkor noibi amir Dodbek Habashiy tomonidan Xorazm noibi etib tayinlangan va xorazmshoh unvonini olgan (1097). Anushteginiylar - xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida Qutbiddin Muhammaddan boshlanadi. 1100-yil saljuqiylar sultoni Barqiyoruq va ukasi Sanjar Dodbek Habashiy isyonini bostirganlar. Sanjar Xurosonni qoʻlga kiritgach, Qutbiddin Muhammadni Xorazm hokimligi mansabida qoldirib tasdiqlagan.

Qutbiddin Muhammad sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan, har yili ikki marotaba shaxsan sulton saroyiga borib turgan, Sanjar olib borgan janglarda oʻz qoʻshini bilan qatnashib, xiroj, oʻlponlarni oʻz vaqtida toʻlab turgan. Qutbiddin Muhammad olimu fuzalolarga homiylik qilgan adolatli hukmdor boʻlgan. Jurjoniyning tabobatiga oid "Zahirayi xorazmshohiy" asari Qutbiddin Muhammadga bagʻishlangan.

Adabiyot



Qutbiddin Muhammad AnushteginiylarTavalludi:  ? Vafoti: 1127 Humkdorlik unvoni OldingisiAnushtegin Xorazmshohlar davlati hukmdori 1097–1127 KeyingisiAlovuddin Otsiz