Qozixona — qozi tomonidan sudlov ishlarini amalga oshiradigan mahkama. Shariatga koʻra, Q.lar masjid qoshida boʻlishi kerak boʻlsa-da, koʻpgina sudlov ishlari qozilarning uylarida, bozor kunlari esa bozorlarda koʻrilgan. Oʻrta Osiyo hududidagi xonliklarning har bir dahasida Q. boʻlgan. 1917-yildan keyin Q.lar xalq sudlari nazoratida ishlagan. Oʻzbekistonda 1925-yilda 87 ta, 1926-yilda 27 ta, 1927-yilda 8 ta q. boʻlgan. 1928-yilda Q.ga ehtiyoj qolmagan. Sharqning ayrim musulmon mamlakatlarida hozir ham Q.lar faoliyat koʻrsatadi.

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.