| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Qoʻstanoy viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Qorabaliq | |
Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
Aholi (2010) | 34 596 | |
Millatlar tarkibi |
ruslar — 39,71% qozoqlar — 29,38% ukrainlar — 15,34% olmonlar — 6,12% tatarlar — 2,43% beloruslar — 2,34% boshqirdlar — 1,06 [1][2] | |
Dinlar tarkibi | xristianlar, musulmonlar | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 71441 xxxxx[3] | |
Avtomobil raqami kodi | P, 10 | |
Rasmiy sayti | http://karabalyk.kostanay.gov.kz/ | |
Xaritada | ||
Qorabaliq tumani — Qoʻstanoy viloyatining shimoli-gʻarbida joylashgan. (1997-yilning 17-iyuniga qadar Komsomol tumani). Tuman 1928-yili tashkil topgan. Maydoni 6,9 ming km². Aholisi 36 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 5,2 kishidan toʻgʻri keladi (2008). Tuman markazi — Qorabaliq qishlogʻi. Tuman dengiz sathidan 200 – 260 m balandlikda joylashgan.
Tuman aholisi 34 596 kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 5 kishidan toʻgʻri keladi (2010) Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:
Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, qor noyabr oyidan boshlab yogʻa boshlaydi, aprel oyining oʻrtalarida eriy boshlaydi. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −18 °C. Yoz oyi iliq, eng issiq oyi — iyul. Iyulning oʻrtacha harorati 18 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 – 350 mm.
Tuman koʻllarga boy. Tumanda 90 dan ziyod katta kichik koʻllar mavjud, ularning 75 % chuchik suvli. Katta koʻllari: Shubar, Sasiqkoʻl, Qarasor, Katta boʻrili, Oʻlendi, Arshali, Oʻrnak, Quliqketken, v.h. Yer osti suvi asosida Smirnov suv tarmogʻi faoliyat yuritadi. Undan tortilgan suv quvurlari Qorabaliq qishlogʻini, Boʻrili, Smirnov, Stansionniy, Mixaylov qishloqlarini suv bilan taʼminlaydi.[4]
Markazi: Qoʻstanay | ||
Tumanlar | ||
Viloyat ahamiyatiga ega shaharlar |