Qora niyat | |
---|---|
Fayl:Yasak Elma poster.jpg | |
Janri |
Drama Komediya |
Rejissyor |
Neslihan Yeshilyurt (1-74) Murat Oʻzturk (75-110) Eje Erdek Kochog‘lu (111-177) |
Ssenariynavis(lar) |
Melis Jivelek Zeynep Gur |
Rollarda |
Shevval Sam Eda Eje Talat Bulut Sevda Erginji Onur Tuna Nesrin Javadzade]] Go‘khan Alkan Berk Oktay Biran Damla Yilmaz Murat Aygen Barish Kilich Tuvana Turkay Erdal O‘zyag‘jilar Shafak Pekdemir |
Bastakor(lar) |
Jem Tunjer Erjument Orkut Efejan Tunjer |
Qismlar boshidagi musiqa | Yasak Elma Jenerik |
Qismlar oxiridagi musiqa | Yasak Elma Jenerik |
Mamlakat | Turkiya |
Til | turkcha |
Ishlab chiqarish | |
Prodyuser(lar) | Fatih Aksoy |
Joy |
Istanbul Hatay |
Kinematografiya |
Erhan Makar (1-110) Hakan Dinchkuyuju (111-177) |
Muharrir(lar) |
Serdar Chakular (1-177) Kaan Oʻden (1-74) Mert Jan Asal (14-177) |
Kamera | Dart Prodakshn |
Qism davomiyligi | 130-150 daqiqa |
Studiya(lar) | Medyapim |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | FOX |
Qora niyat (asl nomi — Yasak Elma, asl tarjimasi Taqiqlangan Olma) — drama va komediya janridagi turk seriali boʻlib, „Medyapım“ tomonidan ishlab chiqarilgan. Birinchi qismi 2018-yil 19-martda efirga uzatilgan boʻlib, rejissyori Eje Erdek Kochogʻlu, ssenariysi esa Melis Jivelek va Zeynep Gurga tegishlidir[1][2]. 6 fasldan iborat boʻlgan serial 2023-yil 5-iyunda efirga uzatilgan 177-qismida final bilan tugatilgan.
Medyapim serialining dastlabki 3 faslini rejissyor Neslihan Yeshilyurt boshqargan, 4-mavsumni rejissor Murat Oʻzturk boshqargan[3]. Serialning birinchi fasli 2018-yil 19-martda boshladi[1], 2018-yil 4-iyunda yakunlandi va jami 12 qism davom etdi[4]. 2-mavsum esa 2018-yil 10-sentabrda boshlangan[5], 2019-yil 27-mayda yakunlangan va jami 35 qism davom etgan[6]. 3-mavsum 2019-yil 9-sentabrda boshlangan[7]. Ushbu mavsum 2020-yilning 23-martida koronavirus tufayli erta yakunlandi[8]. Mavsumning soʻnggi qismi (74-qism) 9,79 „Total“ kategoriyasida ball toʻplagan holda boshqa qismlarga nisbatan rekord oʻrnatdi va serial ushbu qism bilan oʻsha kungi reytingda 3-oʻrinni egalladi[9]. Mavsum 27 qism davom etdi. 4-mavsumning birinchi qismining efirga uzatilish sanasi 2020-yil 7-sentyabr [10] deb eʼlon qilindi va yangi rejissyor Murat Oʻzturkning rahbarligi shu sanada boshladi. 2021-yil 10-mayda esa yakunlandi[11]. Bu mavsum jami 36 qism davom etdi. Mavsum davomida ssenariyning oʻzgarishi tufayli koʻplab bosh rollar va yordamchi qahramonlar serialni tark etishdi[12] va uning oʻrniga yangi qahramonlar qoʻshildi.