Qadriddin Aslonov | |
---|---|
Tojikiston Prezidenti v.b. | |
Mansab davri 1991-yil 31-avgustdan – 1991-yil 20-sentyabrgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Akbar Mirzoyev Abdumalik Abdullajonov |
Oʻtmishdoshi | Rahmon Nabiyev |
Vorisi | Rahmon Nabiyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-avgust 1951-yil Kevron |
Qadriddin Aslonov (tojikcha: Қадриддин Аслонов); 1947–1992) – Tojikistonning birinchi muvaqqat Prezidenti (31-avgust 1991 – 20-sentyabr 1991)[1][2].
Qadriddin Aslonov 1947-yil 29-mayda Tojikistonning Garm viloyatida tugʻilgan.
Mehnat faoliyatini ustaxona mudiri sifatida boshlagan. 1969-yildan 1973-yilgacha kolxozda brigada mexanigi boʻlib ishlagan.
1973-1983-yillarda Tojikiston komsomolining Kolxozobod tuman komitetining ikkinchi, keyin birinchi kotibi, qishloq xoʻjaligi texnikasi birlashmasi boshqaruvchisi, Qoʻrgʻontepa viloyat qishloq xoʻjaligini ishlab chiqarish-texnik taʼminlash birlashmasi raisi boʻlgan.
1983—1988 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Panj tuman qoʻmitasi birinchi kotibi. 1988—1989-yillarda Tojikiston Davlat qishloq xoʻjaligi sanoati raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
1989—1990 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti kotibi. 1990-yilda Tojikiston Oliy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, 1990-yil 30-noyabrdan 1991-yil 23-sentyabrgacha Tojikiston Oliy Kengashi raisi boʻlgan. Bu lavozimda Aslonov oʻz farmoni bilan Respublika Kommunistik partiyasini tugatdi va uning mulkini milliylashtirdi[3].
1991 yil sentyabr oyida – Tojikistonning vaqtincha prezidenti. 21-sentyabrda Qadriddin Aslonov Dushanbedagi Ozodi maydonidagi Lenin haykalini buzish va Tojikiston Kommunistik partiyasini taqiqlash haqidagi farmonlarni imzoladi[4][5]. Kommunistik partiya tarafdorlari 23-sentyabr kuni farmonga qarshi miting oʻtkazdilar. Dushanbeda Oliy Kengashning favqulodda sessiyasi ochildi, unda Aslonovning noqonuniy xatti-harakatlari va poytaxtdagi siyosiy vaziyat masalalari muhokama qilindi.
1992-yil noyabr oyida (aniq sanasi nomaʼlum) Sangak Safarov tomonidan oʻldirilgan[6]. Tojikiston Respublikasi Sarband viloyatida (sobiq Kalininobod viloyati) dafn etilgan.
Tojik ASSR |
|
---|---|
Tojik SSR | |
Tojikiston | |
* - v.b. |