Pashtunlar پښتانه Paṣ̌tun | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
[[Fayl:|300px]] | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pashtunlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Umumiy aholi soni | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
49 million (2009) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Katta aholiga ega mintaqalar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tillar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pashtu shuningdek Urdu, Dariy | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Dinlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Islom (Sunniy) |
Pashtunlar, pashtular — 1) Afgʻonistondan tashqarida (asosan, Pokistonda) yashovchi afgʻonlarning etnik nomi (ilgarigi nomi — patanlar). Umumiy soni — 50 mln.ga yaqin (2011). Pashtu tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar, oz qismi shialar. Pashtunda qabila va xellarga (qabiladan kichik, to urugʻgacha boʻlgan birlik) boʻlinish saqlangan. Eng yirik qabilalar: Xaybar dovoni atrofida afridiylar, momandlar, orakzoylar; Peshovar shimolida yusufzoylar, janubi va gʻarbida bangashlar, xattaklar, soʻngra vazirlar; Shimoliy Balujistonda — kakarlar yashaydi va boshqa Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, yaylov chorvachiligi; bir qismi koʻchmanchilar. Pashtunlar boy folklorga ega, turli raqs va ashulalari mavjud. Pashtu tilida adabiyot rivojlanmoqda. Pashtun tarixi XX asrgacha afgʻonlar tarixi bilan uzviy bogʻliq; 2) afgʻonlar oʻzlarini Pashtun deb atashadi.[9]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |