Poyustun — mahalliy meʼmorlikda ustun oʻrnatiladigan asos, tag kursi (baza). Yogʻoch ustunlarni chirishdan saqlash va ular balandligini oshirishga xizmat qiladi. Ustunga moslab yogʻoch yoki toshdan yoʻniladi, islimii va giri h naqshlar bilan bezatiladi. P.lar yakka tartibdagi zamonaviy turar joy meʼmorligida ham keng qoʻllanilmoqda.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.