Pomeshchiklar (rus.) - 1917-yil Oktabr tuntarishigacha Rossiyada dvoryan yer egalari. Dastlab davlat xizmatidagi kishilar, yaʼni davlat xizmatini oʻtaganlari uchun yer (pomestye)dan foydalanish huquqiga ega boʻlgan kishilar. Pomestyelar sekin-asta merosiy boʻla borib, 1714-yildan Pomeshchiklarning xususiy mulkiga aylangan. Oktabr toʻntarishi Pomeshchiklar va ularning yer mulkini tugatgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.