Polibiy (Polybios) (mil.av taxminan 201— Megalopol, Arkadiya — miloddan avvalgi taxminan 120) — yunon tarixchisi. 40 kitobdan iborat "Umumiy tarix" asari bilan mashhur. Asar Yunoniston, Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning miloddan avvalgi 220—146 yillar ora-sidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini oʻz ichiga oladi. Bizgachauning 1— 5kitoblarigina yetib kelgan. Asar daliliy maʼlumotlarga boyligi, voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alo-hida ahamiyatga ega. Mazkur asarda Oke (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) haqida, Antiox I ning Baqtriya pod-shosi Yevtidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim maʼlumotlar bor.

Manbalar

Adabiyot