Pessimizm (lot. pessimus - "eng yomon") yoki badbinlik mavjud olam, tor maʼnoda hayot boʻlishi mumkin variantlar ichida eng yomonidir, deb qarovchi falsafiy oqimdir. Pessimistlar yomonlik badiiy asarlarda tasvirlanadigan hayotdagidan farqli oʻlaroq yaxshilik ustidan gʻalaba qilmaydi, deb fikrlashadi.
Pessimizm (lot. pessimum — eng yomon) — dunyoga, hayotga gʻamginlik, umidsizlik bilan qarash, kelajak yaxshi boʻlishiga ishonmaslik; hamma narsani qora rangda tasvirlash. P. optimizmga qarama-qarshisi boʻlib, olamda avvalam bor uning salbiy tomonlarini koʻradi, olam umid qilib boʻlmaydigan darajada yomon, insonlarning yashashi — boshdan oxirigacha maʼnisizlikdan iborat deb hisoblaydi. P.ning diniy ifodasi buddizmda, Qadimgi axdda va xristianlikda aks etgan. Melanxoliya — P.ning patologik shakli. Falsafiy P. Shopengauer va Gartman asarlarida koʻzga tashlanadi. P.ga moyil odam pessimist deyiladi.[1]
Pessimizm tushunchasining falsafaga kirib kelishiga mashhur ekzistensialist Arthur Schopenhauer ishlari turtki boʻlgan. Schopenhauer'ning pessimizmi odamni ochlik, jinsiy mayl kabi instinktlar boshqaradi, inson shu instinktlarini qondirishga harakat qilib oʻlib ketaveradi, hayot tayinli maqsadsiz qolaveradi, qabilidagi fikrlarida namoyon boʻladi.
Olamimiz eng yaxshi ekanligini urgʻulovchi diniy argumentdan foydalanib falsafiy pessimizm foydasiga Schopenhauer keltirgan mantiqiy taʼkid quyidagichadir:
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |