Olita Rause | |
---|---|
Mamlakat | Latviya |
Tugʻilishi |
21-noyabr 1962-yil Latviya, Sovet Ittifoqi |
Saravha |
Xalqaro magistr Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | (iyun 2019-yil) (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2360 (iyul 1994-yil) |
Olita Rause (1962-yil 21-noyabrda Sovet Ittifoqida tugʻilgan) — latviyalik ayol shaxmatchi, FIDE ayol grossmeyster (WGM, 1993) va xalqaro usta (IM, 1995) unvonlariga ega. Shuningdek, u ICCF korrespondens grossmeyster unvoniga ega (GM, 1998).
Rause ayollar oʻrtasidagi Latviya shaxmat chempionatida uch marta kumush medalni qoʻlga kiritgan, jumladan, 1981-yil (Astra Goldmane turnirida gʻalaba qozondi), 1984-yil (Anda Shafranska turnirda gʻalaba qozondi) va 1994-yil (Anda Shafranska bilan qoʻshimcha oʻyinda magʻlub boʻlganidan keyin — 1½: 2½ kumush medalini qoʻlga kiritdi). 1986-yilda Rause Minskda shaxmat boʻyicha Sovet Ittifoqi shaxmatchi ayollarining jamoaviy chempionatida Latviya nufuzi himoyasi uchun ikkinchi taxtada oʻyinlarni olib bordi.[1]
Rause Shaxmat Olimpiadalarida Latviya sharafi uchun dona surgan:[2]
Rause dunyodagi eng kuchli korrispondens shaxmatchilaridan biri hisoblanadi. U ICCF Oltinchi Jahon kubogi turnirida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.[3]
Olita Rause 1993-yilda FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvonini qoʻlga kiritdi. Oradan 2 yil oʻtib esa xalqaro usta (IM) unvoniga ham erishdi. Olita Rause 1998-yil ICCF da korrespondens grossmeyster (GM) sifatida etirof etildi.
Rause Latviya Milliy universitetinining filologiya fakultetida oʻqigan va magistr darajasiga ega. 2001-yil dekabridan 2017-yil fevraliga qadar Rigadagi Janis Roze Publishers nashriyotida bosh muharrir lavozimida faoliyat olib borgan. Olita Rause Igors Rause bilan turmush qurgan.