Noshiro 能代市 | |
---|---|
Shahar | |
40°12′42.4″N 140°1′37.5″E / 40.211778°N 140.027083°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
(({mintaqa_turi))} | Tohoku viloyati |
Asos solingan | 658 AD |
Iqlim turi | nam subtropik iqlim |
Aholisi (2019-yil dekabr) |
52 283 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Noshiro (yaponcha: 能代市 Noshiro-shi ) Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan shahardir. 2022-yil 30-aprel holatiga koʻra, shaharda 24.200 ta xonadonda 49.935 kishi yashagan.
Noshiro Akita prefekturasining shimoli-gʻarbidagi tekis qirgʻoq tekisligida joylashgan boʻlib, gʻarbda Yapon dengizi bilan chegaradosh. Yoneshiro daryosi shahar boʻylab oqib oʻtadi va Noshiro porti yaqinida Yapon dengiziga quyiladi. Mintaqaning eng baland nuqtasi Yakeyama togʻi boʻlib, uning balnadligi 963.1 metr (3,160 ft) ga yetadi.
Noshiro nam subtropik iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa) boʻlib, katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiqdan issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hudud iqlimiga xosdir. Yil davomida yogʻingarchilik sezilarli boʻlsa-da, ammo avgustdan oktyabrgacha eng kuchli yogʻingarchilik darajasi kuzatilgan. Noshiroda oʻrtacha yillik harorat 11.5 °C (52.7 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,494.4 mm (58.83 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.3 °C (75.7 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan 0.2 °C (32.4 °F) atrofida boʻladi.
Noshiro (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 11,4 | 18,3 | 19,8 | 27,1 | 30,7 | 33,1 | 36,8 | 39,1 | 37,7 | 27,2 | 23,5 | 16,1 | 39,1 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 2,9 | 3,7 | 7,5 | 13,6 | 19,1 | 23,2 | 26,7 | 28,7 | 24,9 | 18,5 | 11,9 | 5,7 | 15,5 |
Oʻrtacha minimal, °C | −2,5 | −2,4 | 0,0 | 4,4 | 10,3 | 15,2 | 19,6 | 20,6 | 16,1 | 6,7 | 4,1 | −0,3 | 7,9 |
Mutlaq minimal, °C | −12,4 | −12,4 | −10,5 | −4,5 | 0,0 | 5,8 | 11,5 | 12,4 | 6,1 | 1,4 | −4,1 | −8,8 | −12,4 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 114,8 | 86,0 | 79,5 | 86,3 | 105,5 | 100,2 | 162,5 | 155,9 | 154,6 | 147,7 | 157,5 | 143,9 | 1 494,4 |
Manba: Yapon Meteorologiya Agentligi[1][2] |
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Noshiro aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida kamayib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 82,722 | — |
1970 | 77,011 | −6.9% |
1980 | 76,028 | −1.3% |
1990 | 69,516 | −8.6% |
2000 | 65,237 | −6.2% |
2010 | 59,095 | −9.4% |
Nihon Shoki va boshqa qadimiy yilnomalarga koʻra, Noshiro — Abe no Hirafu boshchiligidagi Yamato sudi tomonidan yuborilgan ekspeditsiyaning eramizdan avvalgi 658-yilda mahalliy Emishi qabilalarini boʻysunishga majbur qilish buyrugʻiga asosan toʻxtagan hududi hisoblanadi. Balxaydan kelgan savdo kemalari Noshiro portiga miloddan avvalgi 771-yilda kelib toʻxtashgan. Edo davrida hozirgi Noshiro hududi Tokugava syogunati ostida Kubota domenini boshqargan Satake urugʻi hukmronlik qilgan, qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Tokugava syogunati davrida shahar muhim savdo markazi vazifasini bajargan, turli mahsulotlar, shu jumladan guruch uchun yuk tashish porti boʻlgan va Meiji tiklanishidan keyin shahar yirik yogʻoch ishlab chiqaruvchi hududga aylantirilgan[4]. Nishirominato shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan.
Noshiro shaharchasi 1940-yil 1-oktyabrda Noshirominato shahri va Shinonome va Sakaki (barchasi Yamamoto tumanidan edi) qishloqlarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.
Shahar Gilbert orollari va Filippindagi janglarda qatnashgan yapon agano klass kreyseri Noshiro nomi bilan atalgan, u 1944-yil oktyabr oyida Filippinda janglar paytida Amerika torpedasi tomonidan choʻktirilgan.
2006-yil 21-martda Futatsui shahri (Yamamoto tumanidan) Noshiroga qoʻshib olingan[5].
Noshiro toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 20 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shaharning Yamamoto okrugi shaharlari bilan birgalikda Akita prefekturasi assambleyasiga toʻrtta aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 2-Aichi tumani tarkibiga kiradi.
Noshiro iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi va tijorat baliqchilikka asoslangan. Tohoku Electric Power tashkiloti shahardagi koʻmir/biomassa bilan ishlovchi elektr stansiyasi boʻlgan Noshiro issiqlik elektr stansiyasini boshqaradi.
Noshiroda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻnta davlat boshlangʻich maktabi va yetti davlat oʻrta maktabi shuningdek, Akita prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan beshta davlat oʻrta maktabi mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan. Shu bilan birgalikda shaharda Noshiro texnikumi ham faoliyat yuritadi
Noshirodagi Odate-Noshiro aeroporti 1998-yilda ochilgan
Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi
Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Gono liniyasi
Akita (poytaxt) | ||
Asosiy shahar |
| |
Shaharlar | ||
Tumanlar | ||
Akita prefekturasidagi birlashishlar roʻyxati |