Nodirbek Yoqubboyev | |
Tugʻilgan sanasi: | 23-yanvar 2002-yil |
Tugʻilgan joyi: | Xorazm |
Unvoni: | Grossmeyster (2019), xalqaro usta (2017) |
Maksimal reytingi: | 2630 (2021-yil) |
Hozirgi reytingi : | 2620[1] |
Mukofotlari: |
Nodirbek Yoqubboev (2002- yil 23-yanvar, Toshkent) — oʻzbekistonlik shaxmatchisi, grossmeyster (2019-yil). Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi (2016, 2018, 2020). Hindistonning Chennay shahrida o'tkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi chempioni. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi.
2016-yilda Nodirbek Yoqubboyev 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2] va ilk marta shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻldi[3]. 2017-yilda Osiyo chempionatida 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha gʻolib chiqdi[4]. 2018-yilda Nodirbek Yoqubboyev Oʻzbekiston chempionatida ikkinchi marta shaxmat boʻyicha gʻolib boʻldi[5], 2020-yilda esa bu muvaffaqiyatni uchinchi marta takrorladi[6]. 2021-yilda Nodirbek Yoqubboyev Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun FIDE hududi turnirida ikkinchi oʻrinni tutdi va shaxmat boʻyicha FIDE Jahon kubogida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi[7]. 2021-yilda Sochidagi Jahon chempionatida u ikkinchi bosqichga chiqdi va u chexiyalik grossmeyster David Navaraga 0,5:1,5 hisobida yutqazdi.
2018-yilda shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasini himoya qilgan[8].
2021-yil noyabr oyida Rigada Nodirbek Yoqubboyev „FIDEning katta Shveysariyasi“ turnirida 54-oʻrinni egalladi[9].
Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE tomonidan Nodirbek Yoqubboyevga 2017- yilda xalqaro usta (IM)[10] va 2019-yilda xalqaro grossmeyster (GM) unvonlari taqdim etildi.
Nodirbek Yoqubboev Qatar Masters 2023 turnirida 21 yoshli o'zbekistonlik GM Nodirbek Abdusattorovni blits pley-offda 2:0 hisobida mag'lub etib turnir g'olibiga aylandi.[11].
Oʻzbekiston shaxmat oʻyinchilari | |
---|---|
Amaldagi shaxmatchilar |
|
Sobiq shaxmatchilar | |
Vafot etgan shaxmatchilar |
|