Bu maqolada ichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshib yordam qiling.

Nival mintaqa, mangu qorlar mintaqasi — togʻlardagi eng yuqori tabiiy balandlik mintaqasi; odatda, qor chizigʻidan yuqorida joylashgan boʻladi. Qutbiy va undan quyiroqdagi oʻlkalarda dengiz sathiga qadar yoyilgan. Qor boʻronlari va qor koʻchkilari sababli hamda muz tillarining yanada quyiroqqa siljishidan Nival mintaqa elementlari qor chizigʻidan ham pastroqqa tushishi mumkin. Markaziy Osiyodagi togʻlarning choʻl zonasida Nival mintaqa chegarasi eng yuqori (ayrim joylarda 6500 m dan baland )dan oʻtadi. Nival mintaqa landshafti uchun qor uyumlari va muzliklar, qoya va qurumlar xos. Sovukdan fizik nurash jarayonlari jadal kechadi. Organik hayoti yaxshi rivoj topmagan. Oʻsimlik qoplami (mox, lishaynik va baʼzi yuksak oʻsimliklar) juda siyrak, hayvonlar kam uchraydi; faqat qush va hasharotlarning ayrim turlari muqim yashaydi.[1]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.




Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024)