Nimcha — xotin-qizlarning yengsiz va yoqasiz kalta ustki kiyimi; koʻylak ustidan kiyiladi. Bichimi turlicha — oldi ochiq (uchburchak shaklda chuqur oʻyilgan), tugmachali, avra-astarli, baʼzan ikki yonida choʻntaklar qilingan. Avrasi baxmal, parcha, kimxob, shoyi va boshqa matolardan, astari ip matolardan tayyorlanadi; duxobadan yoqali va yoqasiz qilib, baʼzan orasiga yupqa paxta solib qavib paxtali N.lar ham tayyorlanadi. Kashta tikib bezatilgan (zardoʻzi N., iroqi N. va boshqalar) turlari hozirda ham keng tarqalgan. N. qizlarning sepiga kirgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.