*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (20-avgust uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (29-mart uchun)
Nikola Moro (talaffuzi: Nikola Moro[1][2]) (1998-yil 12-martda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Rossiya Premer-ligasidagi Moskvaning “Dinamo” klubi va Xorvatiya terma jamoasidan ijara asosida Serie A “Bologna” klubida yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Olti yoshida futbol oʻynashni boshlagan va 11 yoshida Zagrebga koʻchib oʻtgan[3]. „Hajduk Split“ muxlisi[3] boʻlgan Nikolaning otasi Miro uni Hajduk akademiyasida oʻynahsini xohlagan[4], lekin Nikola Dinamo Zagreb akademiyasiga borgan. Nikola 2014-yilda yoshlar akademiyasidan Zagrebning „Dinamo“ jamoasiga qoʻshilgan[5].
Moro 2016-yil may oyida „Lokomotiv“ga qarshi oʻzining ligadagi debyutida oʻtkazgan[6]. U Chempionlar ligasidagi debyutini 7-dekabr kuni safarda „Juventus“ga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan[7][8]. 2017-yilning 22-fevralida u 2022-yilgacha yangi shartnoma imzolagan[9][10].
2018-yil 27-mart kuni Moldova U21 terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan xalqaro oʻyinda u oldingi xoch bogʻlamidan jarojat olgan[11]. Nikola jamoaga 26-sentyabr kuni Xorvatiya kubogi doirasidagi „Sloga Mravince“ga qarshi oʻyinda qaytgan[12]. U Yevropa Ligasidagi debyutini 2019-yilning 14-fevralida „Viktoriya Plzen“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[13].
6-noyabr kuni Chempionlar ligasining hal qiluvchi oʻyinida Donetskning „Shaxtyor“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Nikola 74-daqiqada „Shaxtyor“ darvozasiga gol kiritib hisobni 3:3 boʻlishini taʼmilagan. Bu natija „Dinamo“ni toʻgʻridan-toʻgʻri pley- off bosqichiga olib chiqgan[14][15][16].
2020-yil 17-avgustda Nikola Rossiya Premer-ligasi klubi Dynamo Moskow bilan besh yillik shartnoma imzolagan[17]. U ikki kundan soʻng " Rostov " ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan, 69-daqiqada Daniil Fomin oʻrniga maydonga tushgan[18][19]. 18-oktyabr kuni u klub uchun birinchi golini urgan[20].
Xorvatiyani U16, U17 va U19 toifalarida himoya qilgan Nikola Moro 2015-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatining chorak finalida Maliga yutqazib qoʻyishgan[22][23]. U, shuningdek, Xorvatiya U21 terma jamoasini 2019 va 2021-yillardagi UEFA U-21 Yevroda himoya qilgan[24][25][26][27][28][29].
U Xorvatiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvini 2021-yil 16-avgustda, sentyabr oyida Rossiya, Slovakiya va Sloveniyaga qarshi jahon chempionati saralashi oldidan olgan[30]. Biroq, Nikola 2022-yilning 29-martida Bolgariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:1) debyut qilgan[31][32].