Neyrokardiologiya — kardiologiyaning neyrofiziologiya, nevrologiya va neyroanatomik jihatlarini, xususan, yurak kasalliklarining nevrologik kelib chiqishini o'rganadigan muhum tarmoqlaridan biri hisoblanadi[1]. Neyrokardiologiyaning klinik muammolari orasida gipoksik-ishemik miya shikastlanishi, neyrogen stressli kardiomiopatiya, miya emboliyasi, ensefalopatiya, jarrohlik va kardial aralashuvlarning yurak va torakal nevrologik oqibatlari, birlamchi nevrologik kasalliklarga chalingan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari kiradi[2][3].