Nangarhor (pushtucha: ننګرهار dariycha: ننگرهار — Nangarhor) — Afgʻoniston sharqida, Pokiston chegarasiga yaqin viloyat. Maʼmuriy markazi — Jalolobod shahri.

Shimolda Kunar viloyati bilan chegaradosh.

Maʼmuriy boʻlinish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nangarhor viloyati tumanlari

Nangarhor viloyati 22 tumanga boʻlingan:

Tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimda buddizmning markazlaridan biri boʻlgan. Silo shahrida (hozirgi Xada, Jalolobodning janubida) monastirda Buddaning ushnishasi saqlangan, unga sajda qilish uchun mashhur rohib-sayohatchi Faxyan mamlakatga kelgan. Bu qirollikning poytaxtida Buddaning tishlaridan biri saqlangan stupa bor edi. Shahar boshqa yodgorliklar saqlanadigan viharalar bilan oʻralgan edi.

Afgʻoniston urushi yillarida (1979-1989) Nangarhor viloyatida 66-alohida motooʻqchilar brigadasi joylashgan boʻlib, nufuzli dala qoʻmondoni Yunus Xoles harakat qilgan.

2001-yilda Usama bin Lodin yashiringan Tora Bora mustahkamlangan hududi shu yerda joylashgan edi[1] .

Eslatmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]