Namangan davlat universiteti | |
Namangan davlat universitetining kirish darvozasi | |
Xalqaro nomi |
Namangan State University |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 1942-yil |
Rektori | Sobitxon Turgʻunov Toshpoʻlatovich |
Fakultetlar | 16 ta[1] |
Talabalari | 25 037 (2023)[1] |
Bakalavriat | 71 ta[1] |
Magistratura | 27 ta[1] |
Doktorantura | 247 ta[1] |
Oʻqituvchilari | 680 |
Manzili |
Namangan viloyati, Namangan shaxri, Boburshox koʻchasi 161 uy |
Veb-sayti | www.namdu.uz |
„Namangan davlat universiteti“ – 1941-yilda pedagogika bilim yurti sifatida tashkil topgan boʻlib, 1942-yilda universitet maqomini olgan. Bu universitet kadrlar tayyorlashda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan, yuqori salohiyatga ega Oʻzbekistonning eng yaxshi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bu universitet katta imkoniyatlarga ega maskan boʻlib, klassik universitet uchun anʼanaviy boʻlgan gumanitar va tabiiy-ilmiy yoʻnalishlar bilan bir qatorda mehnat bozorida yuqori talabga ega mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Bitiruvchilarning professional imkoniyatlari kengayishiga mustahkam poydevor boʻlishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan[2].
Universitetda talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan: oʻquv binolari, kerakli jihozlar bilan taʼminlangan shinam auditoriyalar, laboratoriyalar xonalari, qulay sharoitlarga ega talablar turar joyi, sport-sogʻlomlashtirish majmuasi.
Universitetda chet el OTM bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Professor-oʻqituvchi va talabalar nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlariga malaka oshirish va amaliyotlarga yoʻnaltirilmoqda.
Oxirgi yillar ichida universitetning ilmiy salohiyatini saqlab qolish, balki uning darajasini oshirishga erishildi. Mintaqadagi bizness-hamjamiyat va yirik korxonalar – universitetning yaqin hamkorlaridir.
OTM eng yaxshi koʻrsatgichlari bu sifatli tayyorlangan bitiruvchilaridir. Bitiruvchilar orasida jahon miqyosidagi olimlar, taniqli sportchilar, yirik korxona rahbarlari mavjud. Bugungi kunda yoshlar uchun muhim narsa bu ularning istiqbolli kelajagini taʼminlay oladigan oliy taʼlim muassasasida oʻqishdir. Namangan davlat universiteti ana shunday maskandir.
Universitetning professor – oʻqituvchilari tarkibi xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislardan iborat.
Turgʻunov Sobitxon Toshpoʻlatovich – Namangan davlat universiteti rektori, Pedagogika fanlari doktori, professor.
Dexkanov Narimon Burxonjonovich – Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Xolmatov Dilshod Sattorjonovich – Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD).
Imomov Rustam Narzullayevich – Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor, Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD).
Rasulov Aʼzamjon Avazjonovich – Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent.
Universitetdagi fakultetlar:
Universitetdagi kafedralari:
Akademik litseyda texnika, iqtisod, tabiiy fanlar, tarix, xorijiy filologiya fanlari boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim beriladi.
Universitetda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab A.Gersin nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma dastur asosida quyidagi bakalavriat yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda:
Universitet A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirib, quyidagi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutahassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlamoqda:
Bakalavriatura
2019-2020-oʻquv yilidan boshlab Ural davlat meditsina universiteti bilan hamkorlikda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bakalavrlar tayyorlanmoqda:
2023-yilda Namangan davlat universiteti UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingida dunyo boʻyicha 4990 ball toʻplab, 84 ta mamlakatdagi 1183 ta oliygohlar orasidan 790-oʻrinni, respublika oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida 18-oʻrinni egalladi[6].
Vikiomborda Namangan davlat universiteti haqida turkum mavjud |