Muzlanish — 1) Yer yuzasida uzoq davr mavjud boʻlgan tabiiy muzlar, asosan muzliklarning yigʻindisi. Mas, Kavkaz, Pomirdagi togʻ muzliklari, yoki Antarktida, Grenlandiyadagi materik tipidagi muzliklar; 2) iqlimning sovishi natijasida muzliklar maydonining ancha kengayish jarayoni. Q. Muzlik davri, Antropogen sistema (davr).[1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |