Yerniyazov Musa Tajetdinovich | |
---|---|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining raisi | |
Mansab davri 2002-yil – 2020-yil 31-iyul | |
Hukumat boshligʻi | Qahramon Ramatullayevich Sariyev |
Oʻtmishdoshi | Tursinbay Tanribergenov |
Vorisi | Murod Kamolov |
Qoraqalpoq ASSR Uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri | |
Mansab davri 1983-yil – 1989-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-dekabr 1947-yil Kegeyli tumani, Qoraqalpoq ASSR, OʻzSSR, SSSR |
Vafoti |
31-iyul 2020-yil (72 yoshda) Nukus, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Bolalari |
oʻgʻllari: Bahodir, Roxat qizi: Aysulu |
Maʼlumoti | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
Mukofotlari |
Yerniyazov Musa Tajetdinovich (1947-yil 20-dekabr, Kegeyli tumani, OʻzSSR, SSSR — 2020-yil 31-iyul, Nukus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi[1]) — Sovet, keyin Oʻzbek davlat va siyosat arbobi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi (parlamenti) raisi. Senat aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining muovini. Qoraqalpog'iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenges Raisi. Millati: qoraqalpoq.
Uch marta (2005[2], 2010[3], 2015[4]) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining oʻrinbosari lavozimiga saylangan.
2020-yil 24-iyun kuni Musa Yerniyazovda COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan va u akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir respirator distress sindrom, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir, poliorgan, oʻtkir jigar va buyrak yetishmovchiliklari, bosh miya shishi, insult kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham ogʻrigan[5]. 2020-yilning 18-iyul kuni Sogʻliqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar berishicha, Erniyazov koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan va uning salomatligi barqaror va Nukusda davolandi.[6] Keyinchalik u IVL apparatiga ulanganligi va uning sogʻligʻi yomonlashganligi maʼlum boʻldi. 2020-yil 31-iyulda koronavirus infektsiyasidan kelib chiqqan asoratlardan vafot etdi.[7]
1-avgust Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukusga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi va shu yerda marhum haqiga Qur’on tilovat qilindi.[8]
Rahmatli Musa ogʻa elni yaxshi koʻrgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpogʻistondan koʻnglim toʻq edi. Tili, dini, taqdiri, tashvishlari bir boʻlgan oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining ogʻzibirchiligini qadrlardi. Qoraqalpogʻistonni rivojlantirish, odamlarning birini ikki qilish boʻyicha koʻp ishlarni boshlagan edik. Endi bu ishlarni, rejalarimizni doʻstlari bilan birga albatta davom ettiramiz.