Munitsipalitet (nem. Munizipalitat, lot. municipium — oʻzini oʻzi idora qiluvchi jamoa) — bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va oʻzini oʻzi boshqaruvchi saylab qoʻyiladigan organlarning majmui. Ayrim mamlakatlarda (mas, AQSH, Buyuk Britaniya) shahar boshqaruv organlarigina M. deb ataladi. Moskva shahrida mahalliy oʻzini oʻzi boshqaruvchi organ M. deb ataladi, u munitsipal yigʻilish va mahalliy maʼmuriyat boshligʻi (M. rahbari)ni oʻz ichiga oladi. M. tegishli maʼmuriyhududiy birlik aholisi tomonidan saylanadi va unga konstitu-siyaviy huquqda xalqhuquqiy korporatsiyalari sifatida qaraladi. Odatda, M. mer, burgomistr va shahrik. boshchiligidagi saylab qoʻyiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan iborat boʻladi. M. munitsipal korxonalar, turar joy fondi va boshqa mulklar egasi boʻlishi mumkin; u davlat maktablari, sanitariya xizmati idoralari, mahalliy politsiya, bir qancha mamlakatlarda esa tibbiy xizmat va ijtimoiy taʼminot boʻyicha turli muassasalarni boshqaradi. M.ning asosiy daromad manbai aholidan yigʻiladigan mahalliy soliklardir.[1]

Munitsipalitet (nemischa: Munizipalität, fransuzcha: municipalité, lotincha: municipiumdan) — aniq belgilangan hududga va unda yashovchi aholisiga ega oʻzini-oʻzi boshqaruvchi maʼmuriy-hududiy birlik (odatda aholi punktlari guruhi, shahar, shahar tipidagi qishloq yoki qishloq).

Odatda, har xil davlatlarda ikki xildagi maʼmuriy birlikni munitsipalitet deb ataydilar:

Boshqa mamlakatlarda

Munitsipalitet quyidagi mamlakatlar maʼmuriy birligi hisoblanadi:

2-daraja

3-daraja

Sifat

Munitsipal sifati shuningdek Rossiya, Ukraina va boshqa Sovet davridan keyingi mamlakatlarda davlat mulkchiligi obʼyektlariga nisbatan qoʻllaniladi.

Yana qarang

Havolalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Andoza:State-stub Andoza:Geo-term-stub