Bu maqolada ichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshib yordam qiling.

Mulkiy zarar (Oʻzbekiston Respublikasi da) - jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan moddiy zarar. Mulkiy zarar va uni qoplash masalalari fuqarolik xuquqiga taalluk,li masalalardir. Umumiy qoidaga binoan, yetkazilgan Mulkiy zarar toʻla miqdorda qoplanishi kerak. Yetkazilgan Mulkiy zararni kamroq miqdorda qoplashga faqat qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi. Mulkiy zarar "haqiqiy zarar" va "boy berilgan foyda" kabi turkumlarga boʻlinadi. Haqiqiy zarar deganda, buzilgan mulkiy huquqni tiklash uchun qilingan yoki qilinishi kerak boʻlgan harajatlar, mol-mulkning yoʻqolishi, kamayishi, nobud boʻlishi, shikastlanishi tushuniladi. Boy berilgan foyda deganda, zarar koʻrgan shaxsning huquqlari buzilmaganida olinishi mumkin boʻlgan, lekin olinmay qolgan daromad tushuniladi. Amaldagi fuqarolik kodeksida Mulkiy zarar mulkiy va ashyoviy huquqlar buzilgan takdirda qoʻllanishi mumkin boʻlgan javobgarlik si-fatida belgilangan. Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki ushbu organlarning mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shuningdek, ushbu organlarning qonunga muvofiq boʻlmagan hujjatlari Mulkiy zarar yetkazilishiga sababchi boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra, har bir shaxsga davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi (44modda). Bu asosiy qoida Fuqarolik kodeksida ham oʻz ifodasini topgan. Unga koʻra, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fuqaro yoki yuridik shaxsning huquq va manfaatlarini gʻayriqonuniy ravishda buzishga qaratilgan hujjat qabul qilsa, bunday hujjatni haqiqiy emas deb topish va bunday hujjat natijasida yetkazilgan Mulkiy zararni undirish haqida fuqarolar, yuridik shaxslar sudga murojaat qilishlari mumkin. Yetkazilgan Mulkiy zararni davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxs toʻlaydi.

Hojiakbar Rahmonqulov.[1]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.




Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024)