Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mirjamol Mirjalolovich Qosimov | ||
Tavallud sanasi | 24-sentyabr 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent,Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 184 cm (6 ft 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | AGMK | ||
Raqami | 4 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011-2018 | Bunyodkor | 43 | (2) |
2016 | Obod | 5 | (0) |
2019-… | AGMK | 80 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
2014-2015 | Oʻzbekiston U20 | 6 | (1) |
2017- | Oʻzbekiston | (0) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Mirjamol Mirjalolovich Qosimov (1995-yil 24-sentyabr, Toshkent) — oʻzbek futbolchisi, „AGMK“ klubi yarim himoyachisi.
Mirjamol Qosimovning otasi mashhur sovet va oʻzbek futbolchisi, hozirda murabbiy — Mirjalol Qosimov.
Toshkentning „Bunyodkor“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2011-yildan boshlab u klubning asosiy jamoasiga jalb qilina boshladi. Hozirgi kunda „AGMK“da oʻynamoqda. 2015-yilda unga Kievning „Dinamo“si qiziqish bildirgan va Mirjamol Qosimov bir muddat Kiyevga tashrif buyurib, Dinamo mashg‘ulotlarida ishtirok etgan.[1] 2016-yilning yanvar oyida bir muddat Olmaliq klubi yigʻini va oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnashdi.[2][3]
2015-yilda yoshlar terma jamoasi tarkibida U20 jahon chempionatida qatnashgan va toʻrtta oʻyin oʻtkazib Fiji U20 jamoasiga bitta gol urgan.
O'zbekiston Chempioni: 2011, 2013
O'zbekiston Kubogi sohibi: 2012, 2013
O'zbekiston Superkubogi sohibi: 2014