Metislar (fransuzcha: métis — birlikda metis, soʻnggi lotincha: misceo — aralash dan) —
1) antropologiyada turli irq vakillari oʻrtasidagi aralash nikoxlardan tugʻilgan avlod. Amerika, Afrika, Osiyo va Avstraliya mamlakatlarida aholining koʻpchilik foizini tashkil etadi;
2) Amerikada yevropeoid irq vakillarining indeyslar bilan boʻlgan nikohidan tugʻilgan avlod. [1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |