The X-Files
Janri
Muallif(lar) Chris Carter
Rollarda
Bastakor(lar) Mark Snow
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Mavsumlar soni 11
Qismlar soni 218 (Qismlar roʻyxati)
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
  • Chris Carter
  • R. W. Goodwin
  • Howard Gordon
  • Frank Spotnitz
  • Vince Gilligan
  • John Shiban
  • Kim Manners
  • Glen Morgan
  • James Wong
  • Michelle MacLaren
  • Michael W. Watkins
  • David Greenwalt
Joy
Qism davomiyligi 45 daqiqa
Studiya(lar)
  • Ten Thirteen Productions
  • 20th Television (1993–1995)
  • 20th Century Fox Television (1995–2002, 2016–2018)
Efirga uzatilishi
Telekanal Fox
Tasvir formati
  • 480i (original eshittirish)
  • 480i (DVD 5–9-fasl)
  • HDTV 1080p (10–11-fasl)
Ovoz formati
  • Dolby Surround 2.0 (original broadcast)
  • Dolby Digital 5.1 (2014 remaster; Descriptive Video Service over SAP season 10–11)
Translyatsiya davri 10-sentyabr, 1993-yil(1993-09-10) — 21-mart, 2018-yil(2018-03-21)
Tarixi
Oʻxshash koʻrsatuv(lar)
  • Millennium (1996–1999)
  • The Lone Gunmen (2001)

Maxfiy materiallar (inglizcha: The X-Files) — Chris Carter yaratgan Amerika ilmiy-fantastik teleseriali. Serial 1993-yil 10-sentabrda birinchi marta efirga uzatilgan va 2002-yil 19-maygacha berib borilgan. Bu vaqt davomida 9 ta sezonga boʻlinib 202 ta seriya tasvirga tushirilgan. Serialda FTB maxsus agentlari Fox Mulder (talaffuzi: Foks Malder) (David Duchovny) va Dana Scully (talaffuzi: Dana Skalli) (Gillian Anderson) maxfiy fayllarni (inglizcha: X-Files), yaʼni gʻayrioddiy va yechilmagan hamda paranormal hodisalar bilan bogʻliq ishlarni oʻrganishadi. Mulder oʻzga sayyoraliklar borligiga va paranormal hodisalarga ishonadi, Scully boʻlsa bu narsalarga ishonchsizlik bilan qaraydi. Scully hamma ishda ilmiy uslubni targʻib qiladi va hamrohining teoriyalarini maʼqullamaydi. Serialning boshida ikkala agent orasida oʻzaro ishonch paydo boʻladi va ular bir-biriga bogʻlanib qolishadi. Boshida platonik doʻstlikdan boshlangan bogʻlanish serialning yakuniga borib romantik aloqaga aylanadi.

Birinchi yetti sezonda David Duchovny va Gillian Anderson birgalikda bosh rollarni ijro etishgan. Oxirgi ikki sezonda asosan Anderson bosh rolda oʻynagan, Duchovny boʻlsa bir-bir ishtirok etgan. Yakuniy sezonlarda John Doggett (Robert Patrick) va Monica Reyes (Annabeth Gish) serialga yangi obrazlar sifatida kiritilgan. Oxirgi ikki sezonda Mulder va Scullyning boshligʻi Walter Skinner (Mitch Pileggi) roli ham muhim ahamiyat oladi.

Maxfiy materiallar serialiga Alfred Hitchcock Presents, The Twilight Zone, Night Gallery, Tales from the Darkside va ayniqsa Kolchak: The Night Stalker kabi teleseriallarning taʼsiri katta boʻlgan. Asosiy obrazlarni yaratishda Carter odatdagidek erkak obrazni skeptik, ayol obrazni ishonuvchi qilib emas, balki aksincha Mulderni ishonuvchi, Scullyni boʻlsa ishonmovchi qilib yaratgan. Maxfiy materiallarning birinchi besh sezoni Vancouverda suratga tushirilgan. Keyingi sesiyalar Duchovny sabab Los Anjelesda olingan.

Fox televizion tarmogʻi uchun Maxfiy materiallar katta xit boʻldi. Boshida kichik guruhlar orasida mashhur boʻlgan film bora-bora keng omma orasida ham shuhrat qozondi. Maxfiy materiallar yakuniga yaqinlashganda AQSh televideniyesi tarixida eng uzoq koʻrsatilgan ilmiy-fantastik serialga aylandi. Serial asosida ikkita toʻliq metrajli film suratga olingan: Maxfiy materiallar: Kelajak uchun kurash (inglizcha: The X-Files: Fight the Future) (1998) va Maxfiy materiallar: Ishonishni istayman (inglizcha: The X-Files: I Want to Believe) (2008). Filmning sujeti tanqidchilar tomonidan tahsinga sazovor boʻldi. Serial bir eng yaxshi serial deb topilib bir necha Golden Globe mukofotlarini olgan.

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Delsara 2000, s. 59.
  2. Cooper, Tracie. „The Files: Seasons 01“. Allmovie. Rovi. 22-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2012-yil.
  3. Delsara 2000, s. 62.
  4. Delsara 2000, s. 58.
  5. Cross Connections. Pontifical Gregorian University, 2006 — 201-bet. ISBN 9788878390614.