Marko Rog
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 19-iyul 1995-yil (1995-07-19) (29 yosh)
Tavallud joyi Varaždin, Xorvatiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yaromhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Cagliari
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2006 Nedeljanec
2006—2013 Varaždin
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2014 Varaždin 30 (17)
2014—2015 RNK Split 30 (7)
2015—2016 Dinamo Zagreb 40 (5)
2016—2020 Napoli 52 (2)
2019 → Sevilla (Ijara) 10 (0)
2019—2020Cagliari (Ijara) 30 (1)
2020- Cagliari 22 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2017 Xorvatiya U21 9 (1)
2014- Xorvatiya 21 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-iyun uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (17-noyabr 2020-yil uchun)

Marko Rog (talaffuzi: Marko Rog[1][2]) (1995-yil 19-iyulda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, B Seriyaning „Cagliari“ klubi va Xorvatiya terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyat yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rog oʻzining faoliyatini 2013-yilda NK Varaždin bilan boshlagan, jamoa 2011/2012-yilgi mavsumda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli tugatilgan.

Rog 2014-yilning yozida Xorvatiyaning birinchi futbol ligasining RNK Split jamoasiga nomaʼlum toʻlov evaziga koʻchib oʻtgan. 2014-yilning 28-iyulida Rog RNK Split uchun professional debyutini Istra 1961ga qarshi oʻtkazgan[3]. Uning Split bilan birinchi va yagona mavsumi juda muvaffaqiyatli oʻtdi va 44 oʻyinda 9 gol urgan.

Dinamo Zagreb

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil iyun oyida Rog Zagrebning Dinamo klubiga oʻtgan[4]. U klub bilan besh yillik shartnoma imzolagan, uning maoshi 5 million yevro etib belgilangan[5][6]. 2015-yilning 12-iyulida, 19 yoshida, u Zagrebning „Dinamo“ klubi safida rasmiy ligada debyut qilgan, mavsumning birinchi ligasida „Hajduk Split“ga qarshi oʻyinda Ante Chorich oʻrniga maydonga tushgan. 

Napoli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 29-avgustida Rog 5 yillik shartnoma asosida A Seriyaning „Napoli“ jamoasiga oʻtgan[7]. U klubdagi ilk golini 2017-yilning 27-avgustida „Atalanta“ga qarshi oʻyinda (3:1) kiritgan.

Sevilla (ijara)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 29-yanvarida Rog 2019-yilning 30-iyuniga qadar Ispaniya La Ligasining „Sevilla“ jamoasiga ijara asosida qoʻshilgan[8]. Rog „Sevilla“ tarkibida La Ligadagi dastlabki ikki oʻyinini „Barselona“ va „Ueska“ga qarshi magʻlubiyat bilan boshlagan. U shuningdek jamosi bilan, „Leganes“ga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan va „Atletik Bilbao“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan. Rog ligada yana oltita oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. U UEFA Yevropa ligasida uchta oʻyinda maydonga tushgan[9].

Cagliari (ijara)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 17-iyulida Caglari futbolchini „Napoli“dan sotib olgan. Rog „Caglari“ga bonuslar bilan birga 18 million yevro miqdoridagi mablagʻ evaziga ijara asosida oʻtgan[10].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 12-noyabrida Rog Xorvatiya terma jamoasi safida Argentinaga qarshi oʻyinda debyut qilgan va 84-daqiqada Duje Chopning oʻrniga maydonga tushgan[11]. U Fransiyada boʻlib oʻtgan UEFA Evro-2016da Xorvatiya terma jamoasi tarkibida qatnashgan. Rog jamoaning guruhdagi soʻnggi oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushgan, jamoasi Ispaniyaga qarshi 2:1 hisobida gʻalaba qozongan, bu uning turnirdagi yagona oʻyini boʻlgan.

JCh-2018 saralash bosqichida Xorvatiya terma jamoasining doimiy azosi boʻlgan Rog zahiradan beshta oʻyinda maydonga tushgan. 2018-yilning may oyida u Xorvatiyaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun dastlabki 32 kishilik tarkibiga kiritilgan, ammo soʻngi 23 kishilik tarkibdan joy ola olmagan[12].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Varaždin 2013—2014 Treća HNL 30 17 1 0 - 31 17
RNK Split 2014—2015 Prva HNL 30 7 7 1 7 1 44 9
Dinamo Zagreb 2015—2016 34 3 4 1 12 2 50 6
2016—2017 6 2 0 0 6 3 12 5
Jami 40 5 4 1 18 5 62 11
Napoli 2016—2017 Serie A 15 0 2 0 2 0 19 0
2017—2018 28 1 2 0 7 0 37 1
2018—2019 9 1 0 0 2 0 11 1
Jami 52 2 4 0 11 0 67 2
Sevilla (Ijara) 2018—2019 La Liga 10 0 0 0 3 0 13 0
Cagliari (Ijara) 2019—2020 Serie A 30 1 2 1 32 2
Cagliari 2020—2021 14 0 2 0 16 0
2021—2022 8 0 0 0 8 0
Jami 52 1 4 1 56 2
Karyerada jami 214 32 20 3 39 6 273 41

Xalqaro

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Xorvatiya 2014-yil 1 0
2015-yil 0 0
2016-yil 6 0
2017-yil 4 0
2018-yil 5 0
2019-yil 1 0
2020-yil 4 0
Jami 21 0

Yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dinamo Zagreb

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Mȃrko“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Mȃrko“. Qaraldi: 17-mart 2018-yil.
  2. „rȏg“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Rȏg“. Qaraldi: 17-mart 2018-yil.
  3. „Split vs Istra 1961“. Soccerway. Qaraldi: 29-sentabr 2014-yil.
  4. „Marko Rog iz treće lige preko Splita u Dinamo: Ne znam kako bih opisao koliko sam sretan“ (xorvatcha). Sportnet.hr (30-iyun 2015-yil). 6-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2015-yil.
  5. „U godinu dana od 3. lige do najskupljeg igrača HNL-a: 'U mojem kraju svi navijaju za Dinamo' - Sportske novosti“. sportske.jutarnji.hr. 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Jutarnji list - Cristiano Ronaldo odbija potpisati novi ugovor“ (27-dekabr 2012-yil).
  7. „Napoli, ufficializzato l'acquisito di Rog“ (italyancha). S.S.C. Napoli (29-avgust 2016-yil). 14-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2016-yil.
  8. „UFFICIALE: Napoli, via Rog in prestito. Va al Siviglia fino a giugno“ (italyancha). Qaraldi: 29-yanvar 2019-yil.
  9. „Marko Rog Football Statistics“. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
  10. „UFFICIALE: Cagliari, ecco Marko Rog in prestito con obbligo di riscatto“ (italyancha). Qaraldi: 24-iyul 2019-yil.
  11. „Argentina vs Croatia“. Vavel. Qaraldi: 13-noyabr 2014-yil.
  12. „Head coach Dalić presents 24-man Croatia squad“. hns-cff.hr. Croatian Football Federation (21-may 2018-yil). Qaraldi: 21-may 2018-yil.