Margaret Mitchell | |
---|---|
Mitchell 1941-yilda | |
Tavalludi |
8-noyabr 1900-yil |
Vafoti |
16-avgust 1949-yil (48 yoshda) Atlanta, Georgia, AQSh |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili[1] |
Fuqaroligi | AQSh |
Margaret Munnerlyn Mitchell (talaffuzi: Margaret Manerlin Mitchell; 8-noyabr 1900-yil — 16-avgust 1949-yil)[2] amerikalik yozuvchi va jurnalist boʻlgan. Mitchell hayoti davomida faqat Shamollarda qolgan hislarim nomli romanini yozgan boʻlib, asarda AQSh fuqarolar urushi davrida sodir boʻlgan voqealar aks ettirilgan. Bu asar ortidan Mitchell 1936-yilda „Eng mashhur roman“ nominatsiyasida National Book Awardni[3], 1937-yilda esa Pulitzer mukofotini oldi.