Mamajon Rahmonov (1914.21.12, Koʻqon — 2010.6.4, Tashkent) — teatrshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975). Sanʼatshunoslik doktori (1968), professor (1969). Moskva moliya institutini (1936), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1954). Oʻzbekiston sanʼat ishlari Boshkarmasida boʻlim boshligʻi (193842), Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi (1942), Mukimiy teatri (1943– 49), Moskva konservatoriyasi qoshidagi oʻzbek opera studiyasi (1949–51), Navoiy teatri (1957–60 va 1970–76) direktori. Toshkent konservatoriyasi (1976–79), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1979–85) rektori. Sanʼatshunoslik institutining teatr va xoreografiya bulimining mudiri (1960–76; 1985-yildan yetakchi ilmiy xodim). Ilmiy asarlarida oʻzbek teatri tarixi, Hamzaning dramaturgiya va teatr sanʼati sohasidagi faoliyati, Oʻzbek milliy akademik drama teatrining bosib oʻtgan yoʻli tadqiq qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). "El-yurt hurmati" ordeni (2000) va "Shuhrat" medali (1994) bilan mukofotlangan.[1]

Mamajon Rahmonov 2010-yil 6-aprelda 96 yoshida vafot etdi.[2]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. "Rahmonov Mamajon" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Академик Мамажон Рахманов

Adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.