Leyla Belyalova | |
---|---|
Tavalludi |
1957 |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
Unvoni | Biologiya fanlari nomzodi |
Mukofotlari | Nufuzli 100 ayollar (2018) |
Leyla Belyalova – oʻzbek akademigi va ekologi. Oʻzbekiston ekotizimlarini targʻib qilish va himoya qilish borasidagi uchun BBC tomonidan dunyoning eng nufuzli 100 nafar ayollari roʻyxatidan joy olgan[1].
Leyla Belyalova hozirda Samarqand davlat universitetining ekologiya kafedrasi dotsenti hamda Gʻarbiy Tyan Shan tizmasi ornitologik bioxilma-xilligini saqlash boʻyicha qator xalqaro loyihalar koordinatori lavozimida ishlab kelmoqda. Belyalovaning eng muhim ilmiy ishlariga misol qilib, Kattaqoʻrgʻon suv ombori hamda Zarafshon davlat qoʻriqxonasida oʻrganish ishlarini olib borgan. Shuningdek, u Gʻarbiy Pomir-Oloy togʻ tizmasida joylashgan Amanqutan dovoni atrofidagi oʻzbek flora va faunasini oʻrganib, jahon hamjamiyatiga taqdim etgan[2].
Oʻzbekiston qushlarni himoya qilish jamiyati bilan ishlash orqali Belyalova qushlarning yashash joylari, ularning populyatsiyasi, oziqlanishi hamda shunga oid koʻplab maʼlumotlarni oʻrganib chiqdi[3] .
2018-yilda Belyalova „Oʻzbekiston yil ayoli“ tanlovining Respublika bosqichida birinchi oʻrinni egalladi[4][1][5]. 2017-yilda esa u „Birdlife International“ xalqaro ekologiya tashkiloti tomonidan „Tabiat qahramoni“ mukofoti bilan taqdirlangan. Leyla Belyalova „Jahon ekologik harakati“, „Migratsiyada ekologiya“ va „Sprig alva“ xalqaro dasturlar ishtirokchisi hisoblanadi[6]. BBC kompaniyasining mutaxassislari Leyla Belyalova haqida shunday fikr bildirishdi[7]:
Laylo O‘zbekistonning tog‘ ekotizimlari biologik xilma-xilligini saqlab qolish ustida ishlayotgan va turli xil qushlarni, shu jumladan, yirtqichlarni himoya qiluvchi universitet o‘qituvchisi sifatida uni nufuzli ayollar roʻyxatiga kiritdik.
2023-yilda Ozarbayjonda tashkil qilingan „Harakatning 17 yuzi“ nomli fotokonferensiyada Leyla Belyalova nomi qayd etildi. Ushbu konferensiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari yuzasidan oʻtkazilgan[8]. Nomi qayd etilgan shaxslar Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Barqaro Rivojlanish maqsadlari elchilari hisoblanishadi.